Yevropa ittifoqi Turkiya bilan o’z munosabatlarini qayta tiklash payida

Tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavusho’g’lining aytishicha Yevropa davlatlari bugungacha Turkiyaga qarshi qilgan xatolarini tushunib yetdi va bugungi kunda ular Turkiya bilan o’z munosabatlarini qayta tiklash payida.

722792

Tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavusho’g’li Maltada bo’lib o’tgan Yevropa ittifoqiga a'zo davlatlarning Tashqi ishlar vazirlari o'rtasida o'tkazilgan norasmiy yig’ilishda ishtirok etdi.

Ushbu yig’ilishda Turkiya-Yevropa ittifoqi munosabatlari muhokama qilindi.

Yig’ilish ortidan matbuotga bayonot bergan Chavusho’g’li;

“Turkiyaga qarshi qilgan xatolarini tushunib yetgan yevropaliklar bugungi kunda biz bilan o’z munosabatlarini qayta tiklash payida” dedi.

Xatolarini yevropaliklarning betiga aytganligini ta’kidlagan Chavusho’g’li;

Yevropalik muxbirlarning 16-aprelda Turkiyada bo’lib o’tgan referendumdan oldingi “qarshi ovoz” targ’ibotlarida ishtirok etganliklari va PKK terror tashkilotlarini qo’llab-quvvatlaganliklari masalasiga to’xtalganligini qayd etdi.   

Yig’ilish ortidan matbuotga bayonot bergan Yevropa ittifoqining Tashqi aloqalar va Xavfsizlik siyosati Oliy vakili Federica Mogherini ham;

“Turkiyadagi referendum natijalariga hurmatimiz cheksiz. Turkiya bilan bo’lgan muzokaralarimizni to’xtatish niyatimiz yo’q” dedi.

Turkiya bilan a’zolik muzokaralarining davom etganligini ovoza qilgan Mogherini, Turkiyaning Yevropa ittifoqiga a’zo emasligini lekin strategik sherikligini aytdi.

Aloqador xabarlar