Turkiya va Yevroosiyo munosabatlari 17-qism

Dasturimizning bugingi bo’limida 16-aprel kuni Turkiyada bo’lib o’tgan referendum haqida so’z qilamiz.

722125
Turkiya va Yevroosiyo munosabatlari 17-qism

Aziz dasturimiz muxlislari,

Turkiya bir tomondan DEASh/ PKK/ FETO kabi terror tashkilotlariga qarshi bor kuchi bilan kurashishni davom ettirar ekan ikkinchi tomondan 2016-yilning 15-iyuli kuni yuz bergan to’ntarish tashabbusidan qolgan yaralarni tuzaitsh bilan ovora. 15-iyul voqealarini tashkil etgan xatarlar haligacha davom etmoqda. Shunday sharoitda Turkiya muammosini hal qilish uchun Adolat va taraqqiyot partiyasi bilan Milliyatchi harakat partiyasi mamlakat konstitutsiyaga o’zgartirish kiritmoqchi bo’ldi. Bu taklif 16-aprel kuni turk xalqining tasdiqi uchun ovozga qo’yildi. Referendum esa 51.41 foizlik ijobiy ovoz bilan yakunlandi. Yani Adolat va taraqqiyot partiyasi bilan Milliyatchi harakat partiyasining konstitutsiyaga o’zgartirish kiritish to’g’risidagi taklifi turk xalqi tomonidan tasdiqlandi. 

Turkiya Respublikasining amaldagi 1982-yili qabul qilingan konstitutsiyasi ayniqsa Prezidentning mas’uliyati jihatidan katta muammo tug’dirayotgan edi. 1982-yilda qabul qilingan konstitutsiya tarkibidagi to’ntarish ruhu bugungacha kiritilgan 18 moddalik o’zgartirishlarga qaramay muammoni hal qilolmadi. 2014-yili prezidentning birinchi marotaba xalq tomonidan saylanishi ortidan tuzimdagi muammo terang tus oldi. Huquqdorlik va mas’uliyat paradoksi boshqaruv tizimida muammo yaratdi.

1980-yilning 12-sentabri kuni yuz bergan to’ntarish bilan boshlagan; 2016-yilning 15-iyuli kuni qo’l urilgan to’ntarish tashabbusigacha davom etgan jarayon; konstitutsiyaviy normalar, vazifa va huquqdorlikning aniqlanishi masalalari konstitutsiyaga jiddiy ravishda o’zgartirish kiritishga majbur qildi.  

Adolat va taraqqiyot partiyasi bilan Milliyatchi harakat partiyasi tomonidan tayyorlangan va referendumda xalq tomonidan tasdiqlangan konstitutsiyaga kiritiladigan moddalarning tarkibi umumiy olaroq quyidagicha:

 

  • Konstitutsiyaga o’zgartirish kiritish orqali hukumat tizimi o’zgarmoqda. Bu doirada ijro etuvchi hokimiyat bir kishiga yani prezidentga topshiriladi.

 

  • Qonunchilik Turkiya Buyuk Millat Majlisiga beriladi. Hukumatning qonun loyihalari bilan qonunchilikga hukmronlik qilishiga monelik qilinmoqda. Qonun chiqaruvchi organ bilan ijro etuvchi organ bir-biridan batamom ajratiladi.

 

  • Prezidentning amaldagi va huquqiy daxlsizligi bekor qilinadi. Bu doirada faqatgina vatanga hiyonat qilishdagina emas har qanday faoliyat jihatidan jazoiy va huquqiy javobgarchilik kiritiladi.

 

  • Qonun chiqaruvchi organ bilan ijro etuvchi organning bir-biridan batamom ajratilishi orqali Turkiya Respublikasi fuqarolari ikki boshqa saylovda alohida-alohida ovoz berib,  ijro etuvchi organni to’g’ridan-to’g’ri saylash huquqiga ega bo’ladi.

 

  • Hukumatni tashkil etgan siyosiy partiya bilan qonunchilikda ko’pchilikdan iborat bo’lgan siyosiy partiyaning bir xil bo’lish majburiyati ham bekor qilinmoqda. Prezidentning siyosiy partiyasi bilan aloqasini uzishi to’g’risidagi qoidalar olib tashlanadi. Saylanish yoshi 18 yoshga tushiriladi. Bu yo’l orqali turk yoshlarining siyosatga kirishiga imkon beriladi.  TBMMning a’zosi 600 ga chiqariladi. Bu yo’l orqali TBMMning vakillik qilish qobiliyati ortadi.

 

  • Prezidentlik qarornomalari qonuniy kuchini yo’qotadi. Qarornomalar qonun doirasida tuzilgan mavzularda bo’lmaydi. TBMM tomonidan qarornomada qo’lga olingan mavzuda bir qonun chiqarilsa unda qarornoma hukmsiz qoladi. Shuningdek qaroqnomalar Konstitutsiyaviy sudning nazoratida bo’ladi.

 

  • Oliy sudga topshirish osonlashadi. Bu yo’l orqali qonun chiqaruvchi organning ijro etuvchi organni nazorat qilish kuchi ortadi. 

 

  • TBMM va Prezidentlik saylovlari 5 yilda bir marotaba, 1 kunda o’tkaziladi. Prezident saylovlarining yangilanishi to’g’risida qaror qabul qilgudek bo’lsa unda o’zining vazifasi ham o’z nihoyasiga yetadi.

 

  • Sudning mustaqil bo’lganidek betaraf bo’lishi ham konstitutsiyaviy qoidalarga tegishlidir. 13 a’zodan tashkil topgan Sudyalar bilan Prokurorlar Oliy Kengashining 7 nafar a’zosini birinchi marotaba TBMM saylaydi.

 

Yangi tizimning eng asosiy moddalardan biri davlatni boshqaruv tizimini xalqning tanlashidir. Yangi tizimga ko’ra qonunchilik va boshqaruv aniq ravishda bir-biridan ajraladi. Shu tufayli hukumat bundan buyon majlisning ichidan chiqmaydi. Shunday ekan ishonch ovozini xalq beradi.

Yangi tizim tarkibida bir kishilik diktaturaning paydo bo’lishi to’g’risida iddiolar bor. Bu iddiolarning aksiga yangi tizimda kuchli muvozanat va nazorat qilish mexanizmlari bor ekan bu vaziyatda avtoritarizm va diktatura imkonsiz. Chunki davlatni boshqarish vazifasining barcha faoliyati va protsedurasi qonunchilik va huquqning nazoratiga kiradi. Kiritiladigan o’zgartirishlar muammolarning oldini olib, kelishuv madaniyati yaratish yo’li orqali fuqarolar o’rtasida mushtarak foyda orttiradi.  

Natijada 15-iyul kuni yuz bergan to’ntarish tashabbusi bilan larzaga kelgan Turkiya, yana bir muammosini hal qilish baxtiga muyassar bo’ldi.  Agar Turkiya Respublikasi kuchli bo’lmasa, tezkor qaror ololmasa, boshqaruv tizimida faktik va huquqiy chalkashlar davom etaversa unda mamlakatning 2023 va 2053 maqsadlariga qo’l yetkazishi murakkab tuz oladi.   

Davlatning kuchiga-kuch qo’shish uchun eng avvalo ijtimoiy shartnomani yani konstitutsiyani yangilash oqilona harakat hisoblanadi. Buning uchun Adolat va taraqqiyot partiyasi bilan Milliyatchi harakat partiyasi muammoni chet ellik kuchlar bilan emas turk xalqi bilan hal qilmoqchi bo’ldi. Turk xalqi o’zining kelajagi to’g’risidagi oxirgi qarorni o’zi berdi. Bu yo’l orqali turk xalqi kelishuv va bir yoqadan bosh, bir yengdan qo’l chiqarib o’z kuchiga-kuch qo’shdi va o’z kelajagini kafolatga oldi.

Aziz dasturimz kuzatuvchilari,

Otaturk universiteti, Xalqaro aloqalar bo’limining kichik ilmiy xodimi Jemil Dog’ach Ipekning mavzu haqidagi mulohazasini e’tiboringizga havola qildik.

 


Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #referendum , #16-aprel , #konstitutsiya

Aloqador xabarlar