Turkiya va Ozarbayjon Qurolli kuchlari Ozarbayjonda birgalikda, harbiy mashq o’tkazadi

Ozarbayjon Mudofaa vazirligi tomonidan berilgan bayonotga ko’ra ikki mamlakat o’rtasidagi harbiy hamkorlik doirasida amalga oshiriladigan mashqda ishtirok etadigan Turk askarlari hozirda Ozarbayjonda.

718249
Turkiya va Ozarbayjon Qurolli kuchlari Ozarbayjonda birgalikda, harbiy mashq o’tkazadi

Turkiya va Ozarbayjon Qurolli kuchlari shu yilning 1-5 mayi kunlari Ozarbayjonda birgalikda harbiy mashq o’tkazadi.

Ozarbayjon Mudofaa vazirligi tomonidan berilgan bayonotga ko’ra ikki mamlakat o’rtasidagi harbiy hamkorlik doirasida amalga oshiriladigan mashqda ishtirok etadigan Turk askarlari hozirda Ozarbayjonda.

Ularni Ozarbayjon harbiy aviabazasida Turkiyaning Boku elchixonasi, Harbiy attashesi brigada generali Zafer Ojak bilan ozarbayjonlik vakillar tantanali marosim bilan kutib oldilar.

Mashq chog’ida malaka oshirilib, ikki mamlakatning qurolli kuchlari o’rtasidagi koordinatsiyaning rivojlanishi ko’zda tutilmoqda.

Ushbu mashq chog’ida harbiy birliklardan tashqari zirhli transport vositalari, artilleriya batareyalari, minomyotlar, uchoq va vertolyotlar orqali havo mudofaa tuzimlari o’rin oladi va otishlar amalga oshiriladi.  

 



Aloqador xabarlar