Prezident Erdo'g'an referendumni baholadi...

Prezident Erdo'g'an, G'arb davlatlarida bo'lmagan, demokratik bir saylov bo'lib o'tganini izohladi.

715081
Prezident Erdo'g'an referendumni baholadi...

Prezident Rajab Toyyib Erdo'g'an, Turkiyada 16 Aprel kuni G'arb davlatlarida bo'lmagan, demokratik bir saylov bo'lib o'tganini izohladi.

Erdo'g'an, Yevropa xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining (AGIT) sayloviga norozichilik ko'rsatdi.

Beshtepeda xalqga hitob qilgan Erdo'g'an, AGITning o'z haddini bilishi kerakligini ifoda etdi.

AGITning siyosiy maqsadli hisobotlarni rad etganliklariga diqqat qaratgan Erdo'g'an, "Bu o'lkada, G'arbda bo'lmagan bir demokratik saylov bo'lib o'tgandir. Ayrim Yevropa davlatlari Turk vazirlarni o'lkaga olmas ekan bu saylov natijalariga soya tushirishga urinmang, samara bermaydi"  deb ifoda etdi.

Prezident Erdo'g'an, "25 million 200 minnga yaqin insonning qaroriga ko'ra konstitutsiyaga o'zgarish kirish tasdiqlangani va tortishuvlarning tugaganini bildirib, "Konstitutsiyaga o'zgarish kiritish bilan maydonga keladigan o'zgarishlar xalqimizga xizmat qiladi. Bundan keyin kelajakka tomon intilamiz" deb so'zladi.

Erdo'g'an ayni muhitning Turkiyani Yevropa Ittifoqi mavzusida tahdit etganiga diqqat qaratib, "Bu bizlar uchun muhim emas. Faqat Yevropa Ittifoqi qaror bersin. Kerak bo'lsa Turkiyaning Yevropa Ittifoqi a'zoligi uchun bir referendum o'tkazamiz. Bu qarorni millatimiz beradi" dedi.

Yevropa Ittifoqini Turkiyaga qarshi ikki yuzlamachi harakat qilganini eslatgan Erdo'g'an, "Yo Turkiyaga bergan sozlarni tutadilar, yo natijalarini qabul qiladilar. Bu ishlar terror tashkilotlarini himoya qilib, pul berib o'lkamizga yuborish bilan bo'lmaydi" dedi.



Aloqador xabarlar