Mavlud Chavushog’lu:"Suriya rejimi kimyoviy qurollardan foydalanish kuchiga ega"

G-7 sammitiga qatnashish maqsadida Italiyaga safar qilgan Turkiya Tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavushog’lu matbuotga intervyu berdi.

710111
Mavlud Chavushog’lu:"Suriya rejimi kimyoviy qurollardan foydalanish kuchiga ega"

Turkiya Tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavushog’lu Suriya rejimi hamon kimyoviy qurollardan foydalanish kuchiga ega ekani haqida ogohlantirdi.

G-7 sammitiga qatnashish maqsadida Italiyaga safar qilgan Chavushog’lu matbuotga intervyu berdi.

U o’z intervyusida Suriya davlati mavjud hukumati bilan kelajakka olg'a qadam tashlay olmasligini aytdi.

“Rejim faqatgina kimyoviy qurollar bilan emas, balki tank va boshqa konvansionel qurollar bilan muxolifatga hujum qila olmasligi va begunoh insonlarni o’ldirishni davom ettira olmasligi kerak. Sulh bitimi kuchga kirishiga qaramay, rejim bunga amal qilmayotir”,-deydi Mavlud Chavushog’lu.

AQSh kotibi Rex Tillerson G-7 sammitidan so’ng, Rossiyaning poytaxti Moskvaga rasmiy tashrif bilan borishini eslatgan Mavlud Chavushog’lu: “Shu sababli, janob Tillerson bilan Rossiya hukumati bilan muhokama qilinishi zarur bo’lgan masalalarni ko’zdan kechirdik”,-dedi.

“Suriya xalqi bu rejim bilan kun kechira olmaydi. Bu oshkordir. Zudlik bilan muvaqqat hukumatni tuzish kerak. Terror tashkilotlariga qarshi kurashni davom ettirish zarur. Ehtimoliy tahlikalarni ham ko’zdan kechirdik. Idlibga hujum qilishi mumkinligini va bunga tayyor turishimiz kerakligini maslahatlashdik. Bizga kelgan ma’lumotlarga ko’ra, rejim hamon kimyoviy qurollardan foydalanish imkoniyatiga ega. Beshar Asaddan qutqarilgan Suriya va uning kelajagi uchun Rossiyani ko’ndirish kerakligini maslahatlashdik. Eng yaxshi yo’l siyosiy yechim yo’lidir”,-deydi Mavlud Chavushog’lu.

 

 

 

 



Aloqador xabarlar