Turkiya Somalida sodir bo’lgan terrorchilik harakatini qoraladi

Turkiya Tashqi ishlar vazirligi:"Somalidagi terrorchilik harakatini qoralaymiz. Hujumda halok bo’lganlarga Allohdan rahmat, yaradorlarga esa shifo tilaymiz. Turkiya terrorizmga qarshi kurashda Somaliga madadkordir”.

709261
Turkiya Somalida sodir bo’lgan terrorchilik harakatini qoraladi

Turkiya Somalining poytaxti Mogadishuda sodir bo’lgan terrorchilik harakatini qoraladi.

Ma’lumki, kecha Somalining poytaxti Mogadishuda Mudofaa vazirligi binosi yaqinlarida joylashgan Qurolli kuchlar qo’mondonligining transport karvoniga qarshi xudkushlik hujumi sodir qilindi.

Turkiya Tashqi ishlar vazirligi bayonotida, Mogadishuda oliy martabali harbiy xodimlarni olib ketayotgan mashinaga hujum oqibatida ko’plab insonlarning halok bo’lgani va ko’plab insonlarning yaralanganidan chuqur iztirobda ekani tilga olindi.

“Ushbu terrorchilik harakatini qoralaymiz. Hujumda halok bo’lganlarga Allohdan rahmat, yaradorlarga esa shifo tilaymiz. Turkiya terrorizmga qarshi kurashda Somaliga madadkordir”,-deyiladi bayonotda.

Dastlabki ma’lumotga ko’ra, terrorchilik harakati oqibatida 13 kishi halok bo’lgan, 10 kishi yaralangan.

Yangi lavozimga tayinlangani munosabati bilan o’tkazilgan marosimdan so’ng, yo’lga chiqqan Qurolli kuchlar qo’mondoni Muhammad Ahmad Jamoliy voqea joyida jarohatlangan.

Shifokorlarning ma’lum qilishicha, uning aholi yaxshi.

Terror tashkiloti Esh-Shabob internet orqali ushbu terrorchilik harakatini sodir qilganini tan olgan.

 

 

 

 



Aloqador xabarlar