Prezident Erdog’an Amerikaning Suriyaga bergan zarbasini baholadi

Erdog’an Turkiyaning Adana shahrida Adana Sano’at palatasi tomonidan bir mehmonxonada uyushtirilgan bir tadbirda ishbilarmonlar va nodavlat tashkilot vakillari bilan uchrashar ekan tadbirda Amerikaning Suriyaga bergan zarbasini baholadi.

708499
Prezident Erdog’an Amerikaning Suriyaga bergan zarbasini baholadi

Prezident Rajap Tayyip Erdog’an Amerikaning Suriyaga bergan zarbasini “Qotil Asad, tashlagan qadamlarining birinchi javobini oldi” deya baholadi.

Erdog’an Turkiyaning Adana shahrida Adana Sano’at palatasi tomonidan bir mehmonxonada uyushtirilgan bir tadbirda ishbilarmonlar va nodavlat tashkilot vakillari bilan uchrashdi.

Erdog’an tadbirda so’zlagan nutqida, AQShning Suriyaga bergan zarbasining yetarli emasligini va buning davom etishi kerakligini belgilab,

“Chunki qariyb 1 million kishining umriga zomin bo’lgan bir kishi, buning jazosini tortishi kerak. Biz, qonuniy bir zaminda Suriyaning siyosiy hukmronligini topishi kerak degan fikrdamiz. Buning amalga oshirilishi shart. Shunday ekan bugungi kunda biz bu boradagi uchrashuvlarimizni davom ettirmoqdamiz. Zimmamizga tushgan vazifamizni bajarish yo’lida ilgarilamoqdamiz” deya gapirdi.

Shuningdek Turkiyaning suriyalik muhojirlarga yordam bera olishi uchun jami 25 milliard AQSh dollariga ehtiyoji borligini ifodalagan Prezident Erdog’an Yevropa ittifoqining o’tgan yilning iyul oyida buning 3 milliard yevrosini to’lamoqchi bo’lganligini lekin YIning va’da berganidek 3 milliard AQSh dollari emas atigi 725 million AQSh dollarigina berganligini o’z so’ziga ilova etdi.

Erdo’an, Yevropa ittifoqining birinchi to’lov ortidan ikkinchi to’lov uchun ham yana 3 milliard yevrodan so’z ochganligini lekin buning ham natijasiz qolganligini eslatib, ularning rostgo'y emasligini qayd etdi.

 



Aloqador xabarlar