Turkiya BMTga Suriyadagi oxirgi vaziyat yuzasidan maktub yo'lladi

Turkiya Suriyaning Idlib shahridagi Xon-Shayhun qishlog’ida Bashar al-Asad rejimi tomonidan uyushtirilgan kimyoviy qurol hujumi ustidan Birlashgan Millatlar Tashkilotiga maktub yo’llab, unda bunga qo’l urgan Asad rejimining jazolantirilishini talab qildi.

707788
Turkiya BMTga Suriyadagi oxirgi vaziyat yuzasidan maktub yo'lladi

Turkiya Suriyaning Idlib shahridagi Xon-Shayhun qishlog’ida Bashar al-Asad rejimi tomonidan uyushtirilgan kimyoviy qurol hujumi ustidan Birlashgan Millatlar Tashkilotiga maktub yo’llab, unda bunga qo’l urgan Asad rejimining jazolantirilishini talab qildi.

Turkiyaning Birlashgan Millatlar Tashkiloti Doimiy vakili Feridun Sinirlio’g’li tomonidan Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi Antonio Guterres va Birlashgan Millatlar Tashkiloti Xavfsizlik kengashining aprel oyi rahbari Amerika Qo’shma Shtatlarining BMT Doimiy vakili Nikki Haleyga yuborilgan maktubda, Xon-Shayhundagi hujumda rejim kuchlarining kimyoviy quroldan foydalanishni davom ettirganligini va Birlashgan Millatlar Tashkiloti Xavfsizlik Kengashi qarorlariga amal qilinmaganligi qayd etilgan.

Zaharli kimyoviy quroldan foydalanishlikning urush jinoyati va hatto insoniyatga qarshi  tashkil etilgan katta qilmish ekanligi eslatilgan maktubda bu orqali Asad rejimining bombaga qarshi xalqaro huquq va Kimyoviy qurollar konvensiyasini paymol qilganligi ta’kidlandi.  

Bashar al-Asad rejimining Sharqiy Gutaga qarshi bosh bo’lish bilan birga bir necha marotaba kimyoviy quroldan foydalanganligi eslatilgan maktubda, oxirgi hujumda rejim kuchlarining Sharqiy Gutada bo’lganidek sarin gazidan foydalanganligi ma’lum qilindi.

Kimyoviy qurollarni ta'qiqlash tashkiloti bilan Birlashgan Millatlar Tashkilotining qo'shma tergov qo’mitasining avvalgi hisobatlarida Asad rejimining kimyoviy quroldan foydalanilganligining aniqlanganligi ham eslatilgan maktubda,

“Shunday ekan Suriya rejimining, zaharli kimyoviy moddalardan ham foydalangan ravishda amalga oshirgan vahshiyligi aniqlandi” deyildi.

Rejim kuchlarining 20 va 30-martda kimyoviy quroldan foydalanganligi aytilgan mazkur maktubda, muntazam ravishda nomi tilga olingan qurollardan foydalanganlar jazoga tortilmagudek bo’lsa unda bu va bunga o’xshash hujumlarning kamaymasdan, davom etajagi ta’kidlandi.

 

 



Aloqador xabarlar