Turk Havo Yo’llaridan Somaliga insonparvarlik yordami...

Dunyo bo’yicha yo'lga qo'yilgan insonparvarlik yordam kampaniyasi doirasida faoliyatga o’tgan Turk Havo Yo’llari Mogadishuga bolalar uchun 60 tonna kasha yetkazdi.

707384
Turk Havo Yo’llaridan Somaliga insonparvarlik yordami...

Ocharchilik va qurg’oqchilik hukm surgan Afrikaning Somali davlatiga Turkiyadan insonparvarlik yordamlari davom etmoqda.

Dunyo bo’yicha yo'lga qo'yilgan insonparvarlik yordam kampaniyasi doirasida faoliyatga o’tgan Turk Havo Yo’llari Mogadishuga bolalar uchun 60 tonna kasha yetkazdi.

Somalida qurg’oqchilikdan kelib chiqqan ocharchilikning talofatlari kundan kunga ortib bormoqda.

Millionlab aholi o’lim panjasida…

Ohirgi 30 yilda yuzaga kelgan shiddatli qahatchilik tahlikasiga qarshi xalqaro hamjamiyat ham chora ko’rishga kirishdi.

Turkiya mintaqaga yordam safarbarligiga boshchilik qilmoqda.

Twitter va YouTubeda 2 millionga yaqin muhlisi bo’lgan fransuz Jerome Jarre va uning do’stlari “Turk Havo Yo’llari Somaliga yordam ber” va “Somali uchun sevgi armiyasi” nomli kampaniya olib bordi.

Turk Havo Yo’llari bu kampaniyaga e’tiborsiz qolmadi.

Rasmiy web sahifasida “Sevgi va insonparvarlik yordamiga chaqiriqni inobatga olamiz” deya izoh bildirgan Turk Havo Yo’llari 60 tonna bolalar kashasini Somalining poytaxti Mogadishuga yetkazdi.

15 kundan beri davom etgan kampaniyaga 125 davlatdan 80 mingga yaqin yordamsevar o’z hissasini qo’shdi.

Kampaniya doirasida tashkil topgan fondda taxminan 2 yarim million dollar mablag’ to’plandi.

 

 



Aloqador xabarlar