Binali Yildirim:"Turkiya dunyoning eng katta loyihalarini amalga oshirdi"

Turkiya Bosh vaziri Binali Yildirim Izmirda Menemen-Aliag'a-Chandarli transport yo'lining poydevorini tiklash marosimida so'zga chiqdi.

706347
Binali Yildirim:"Turkiya dunyoning eng katta loyihalarini amalga oshirdi"

Turkiya Bosh vaziri Binali Yildirim dunyoda 2008 yildan beri davom etgan inqirozlarga qaramay, Turkiya dunyoning eng katta loyihalarini amalga oshirganini ta'kidladi.

Binali Yildirim Izmirda Menemen-Aliag'a-Chandarli transport yo'lining poydevorini tiklash marosimida so'zga chiqdi.

Turkiya Marmaray, Yevrosiyo tuneli, Yovuz Sulton Selim ko'prigi, Osmangazi ko'prigi va dunyoning eng katta aeroporti Istanbul 3-Xalqaro aeroporti loyihasini ro'yobga chiqarganini tilga olgan Binali Yildirim: "

"Ankara-Koniya, Ankara-Istanbul yo'nalishida tez yurar poyezdini yo'lga qo'ydik. Ankara-Izmir tez yurar poyezdi loyihasi tezkorlik bilan insho etilmoqda. Afyon va Ushak viloyatidan tez yurar poyezdning ovozi kelmoqda. Bundan tashqari, Chanoqqal'ada dunyoning eng uzun ko'prigi qurilmoqda. Biz bu loyihalarni insho etar ekanmiz, ba'zilari bundan bezovta bo'lmoqdalar. Qizg'anmang",-dedi.

 

 

 

 


Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #Binali Yildirim , #loyiha , #Izmir

Aloqador xabarlar