Turkiyada terror tashkilotlariga qarshi yangi amaliyotlar boshlatilmoqchi

Firat qalqoni amaliyoti roppa-rosa 7 oy davom etar ekan bu doirada 2 ming 15 kvadrat kilometrlik maydon terroristlardan qutqarildi.

705380
Turkiyada terror tashkilotlariga qarshi yangi amaliyotlar boshlatilmoqchi

Turkiyada terror tashkilotlariga qarshi yangi amaliyotlar boshlatilmoqchi.

Prezident Rajap Tayyip Erdog’an Trabzon ziyorati chog’ida Suriyaning al-Bob shahrining Firat qalqoni amaliyotining birinchi bosqichi yordamida terroristlardan qutqarilganligini, amaliyotning esa ikkinchi bosqichda davom etajagini ma’lum qildi.

Firat qalqoni amaliyoti roppa-rosa 7 oy davom etar ekan bu doirada 2 ming 15 kvadrat kilometrlik maydon terroristlardan qutqarildi.  

Shuningdek amaliyot doirasida Suriyada faqatgina DEASh terror tashkilotiga a’zo terroristlar emas ayni vaqtda PKK terror tashkilotining Suriyadagi qanoti PYD a’zolari ham yo’q qilindi.

Bu orqali PYD terror tashkilotining terror yo’lagi tashkil etish ehtimoliga ham monelik qilingan bo’ldi.

Terror tashkilotining qoldiqlari uchun esa Turkiya yangi amaliyot boshlatmoqchi.

Bu borada Prezident Erdo’an, bugungi kunda Suriyaning boshqa mintaqalarini terroristlardan qutqarish uchun yanqi amaliyotlar ustidan tayyorgarlik olib borilayotganligini ma’lum qildi.

Terror tashkilotlariga syurprizlari borligini eslatgan Prezident, kelasi oylarning Ollox nasib qilgudek bo’lsa Turkiyaning va turk xalqining bahori, terroristlarning esa qora qishi bo’lajagini ta’kidladi.



 



Aloqador xabarlar