MXK Favqulodda vaziyat jarayoni to’g’risida hech qanday taklif bildirgani yo’q

Prezident Rajap Tayyip Erdog’an rahbarligida yig’ilgan MXK 19-aprel kuni o’z nihoyasiga yetadigan Favqulodda vaziyat jarayoni haqida hech qanday taklif bildirgani yo’q.

702004
MXK Favqulodda vaziyat jarayoni to’g’risida hech qanday taklif bildirgani yo’q

Milliy Xavfsizlik Kengashi Favqulodda vaziyat jarayoni to’g’risida hech qanday taklif bildirgani yo’q.

Prezident Rajap Tayyip Erdog’an rahbarligida yig’ilgan MXK 19-aprel kuni o’z nihoyasiga yetadigan Favqulodda vaziyat jarayoni haqida hech qanday taklif bildirgani yo’q.

Fetullahchi terror tashkiloti tomonidan 15-iyul kuni qo’l urilgan to’ntarish tashabbusi ortidan e’lon qilingan Favqulodda vaziyat jarayoni, oktabr va yanvar oylarida uzatilgan edi.  

Yig’ilish ortidan yozma ravishda berilgan bayonotga ko’ra, Turkiya-Yevropa munosabarlari bilan terrorga qarshi kurash masalalari eng asosiy kun tartibi mavzusi edi.

MXK ushbu bayonotda,

“Oxirgi kunlarda Turk siyosatchi va davlat arboblariga qarshi ba’zi Yevropa davlatlarining hukumatlari tomonidan xalqaro huquq qoidalari va diplomatik konventsiyalarga to’g’ri kelmaydigan tarzda qilingan muomalasi islom diniga qarshi irqchilik faoliyatlari deya baholandi. Davlatimizning, jismoniy hujumlarga ma’ruz qo’lgan fuqarolarimizning huquqini himoya qilishi xususi muzokara qilindi” dedi.

Bayonotda shuningdek,

Turkiyaning chegara xavfsizligini himoya qilish, DEASh terror tashkilotining mamlakatga qarshi solgan tahdidi va hujumlarining oldini olish, o’z uy-joylarini tark etishga majbur bo’lgan suriyalik birodarlarning takror o’z yurtlariga qaytishlariga imkon yaratib berish va Firat qalqoni amaliyoti hududida tinchlik va huzur ichida umr surishlarini ta’minlash maqsadida olib borilgan harakatning muvaffaqiyatli ravishda o’z nihoyasiga yetganligi ifodalandi.

MXK bayonotida quyidagi satrlarga ham o’rin berildi,

“Suriya va Iroqda DEASh terror tashkilotiga qarshi kurashda PKK/ PYD-YPG terror tashkilotlaridan foydalanishning, mintaqada huzurli va ishonchli muhit yaratib berishga hech qanday hissa qo’shmasligi, aksincha ularning yangi muammolar yaratib berishi takror qayd etildi. Mintaqadagi barcha terror tashkilotlariga qarshi samarali kurash olib borgan Turkiya tomonidan ‘terrorist’ deb e’lon qilgan guruhlarni, ittifoqchilarimizning pul, qurol-yaroq va harbiy ashyo jihatidan qo’llab-quvvatlashi do’stlik rishtalarimizga ziyon berishi ta’kidlandi”.    

16-aprelda bo’lib o’tadigan referendumda ovoz berish uchastkasi bilan saylov xavfsizligi ham MXK yig’ilishida muzokara qilingan eng asosiy mavzulardan biri edi.



Aloqador xabarlar