Numan Kurtulmush:"Shveysariyadagi miting siyosiy skandal hisoblanadi"

Ma'lum bo'lishicha, Bernda o'tkazilgan mitingda Turkiya Prezidenti R.T.Erdog'anga nisbatan nafrat va haqoratomuz tasvirlar aks etgan lavhalar ko'tarilgan.

700992
Numan Kurtulmush:"Shveysariyadagi miting siyosiy skandal hisoblanadi"

Turkiya Bosh vazir o'rinbosari Numan Kurtulmush shanba kuni Shveysariyaning poytaxti Bernda terror tashkiloti tarafdorlari tomonidan o'tkazilgan mitingdan so'ng, Shveysariya hukumatini zimmasidagi vazifani bajarishga chaqirdi.

Ma'lum bo'lishicha, Bernda o'tkazilgan mitingda Turkiya Prezidenti R.T.Erdog'anga nisbatan nafrat va haqoratomuz tasvirlar aks etgan lavhalar ko'tarilgan.

Numan Kurtulmush buning odob, hayo va ahloqdan yiroq hamda demokratiya chegaralarini oshgan bir xatti-harakat ekanini aytdi.

Turkiyaning sa'y-harakatlari natijasida Shveysariya maqomlari miting bilan bog'liq tergov ochdi.

Bu haqda ma'lumot bergan Numan Kurtulmush: "Faqatgina miting o'tkazganlar ustidan emas, balki unga ruhsat bergan rasmiylar ustidan tergov olib borish zarur. Bu siyosiy skandaldir. Shveysariya kabi bir mamlakatda xalq tomonidan saylangan bir prezidentni haqoratlashga ko'z yumib bo'lmaydi. Shveysariya siyosiy jihatdan ham zarur chorani ko'rishga majbur",-dedi.

 

 


Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #Shveysariya , #Numan Kurtulmush , #miting , #Bern

Aloqador xabarlar