Erdog'an, Yevropa ittifoqining Turkiyaga bo'lgan muomalasini tanqid qildi

Prezident Rajap Tayyip Erdog’an Turkiyani roppa-rosa 54 yildan beri kuttirayotgan Yevropa itifoqining Turkiyaga qarshi ikkiyuzlamachi muoamala ichida ekanligini qayd etdi.

699050
Erdog'an, Yevropa ittifoqining Turkiyaga bo'lgan muomalasini tanqid qildi

Prezident Rajap Tayyip Erdog’an Turkiyani roppa-rosa 54 yildan beri kuttirayotgan Yevropa itifoqining Turkiyaga qarshi ikkiyuzlamachi muoamala ichida ekanligini qayd etdi.

Erdog’an Turkiyaning Denizli viloyatida uyushtirilgan ochilish marosimi chog’ida ishtirokchilarga xitob etdi.

YI davlatlarining Turkiyani o’z tarkibiga qo’shmaslik uchun o’rtaga tashlagan iddiolarning butunlay noto’g’ri ekanligini ta’kidlagan Erdog’an;

“Yevropa ittifoqi Turkiyani korolmayapti” dedi.

Erdog’an shuningdek;

“Yevropa ittifoqiga a’zo bo’lmoqchi bo’lgan hech qaysi davlat bugungacha Turkiyachalik kuttirilgani yo’q. Chunki YI tarkibida musulmon davlat yo’q. Turkiyani korolmayapti. Bizning aholi sonimizning ko’p ekanligini bahona qilyapti. Holbuki ittifoq tarkibida bizdan ham ko’p aholi soniga ega davlat yo’q emas” deya gapirdi.

Bunga misol sifatida Germaniya aholi soniga to’xtalgan Erdog’an, YI o’rtaga tashlagan iddioning noto’g’ri ekanligini takrorladi.

Erdog’an shuningdek 16-aprelda mamlakatda bo’lib o’tadigan referendum jarayonida Yevropaning Turkiyaga bo’lgan muomalasini ham tanqid qilar ekan,

“Daily Sabah” gazetasining Yevropa Parlamentida man etilishiga norozilik ko’rsatdi va bu doirada,

“Sizda media erkinligi bor edi. Shunday ekan nima uchun “Daily Sabah” gazetasiga monelik qildingiz? Bunga javob berasiz” dedi.

 

 

 

 



Aloqador xabarlar