Turkiya Prezidenti R.T.Erdog’an:"London xalqining qayg’usiga sherikman”

Turkiya Prezidenti R.T.Erdog’an Angliyaning poytaxti Londonda sodir bo’lgan terrorchilik harakatini qoraladi.

697387
Turkiya Prezidenti R.T.Erdog’an:"London xalqining qayg’usiga sherikman”

Turkiya Prezidenti R.T.Erdog’an Angliyaning poytaxti Londonda sodir bo’lgan terrorchilik harakatini qoraladi.

“Turkiya sifatida London xalqining qayg’usiga sherikman”,-deya ta’ziya bildiradi Turkiya prezidenti.

R.T.Erdog’an: “Ushbu terrorchilik harakatida halok bo’lganlarning yaqinlariga va do’st Buyuk Britaniya xalqiga ta’ziya izhor etaman. Yaradorlarga shifo tilayman. Turkiya sifatida dunyo tinchligiga katta tahdid solgan terrorizmni bartaraf etishda ittifoqdoshimiz Buyuk Britaniya bilan hamkorlikka tayyormiz”,-dedi.

Prezident R.T.Erdog’an Londondagi terrorchilik harakati tufayli Angliya Bosh vaziri Theresa Mayga ta’ziya maktubi yo’lladi.

U maktubida Turkiya terrorizmga qarshi kurashda Buyuk Britaniya bilan yaqindan hamkorlik qilganini yozdi.

Turkiya Bosh vaziri Binali Yildirim ham Londondagi terrorchilik harakati tufayli Angliya Bosh vaziri Theresa Mayga ta’ziya maktubi yo’lladi.

U “Londonda ko’plab insonlarning hayotiga zomin bo’lgan va ko’plab insonlarning jarohat olishiga sabab bo’lgan terrorchilik harakati munosabati bilan qayg’ularingizga sherikmiz”,-deb yozadi ta’ziya maktubida.

Turkiya hukumati va xalqi nomidan chuqur ta’ziya bildirgan Binali Yildirim yaradorlarga shifo tiladi.

Yevropa Ittifoqi vaziri va bosh muzokarachi O’mer Chelik ham London xalqiga ta’ziya izhor etdi.

Ushbu terrorchilik harakatini qoralagan O’mer Chelik: “Londonda sodir bo’lgan terror hujumini qoralaymiz. Angliya Yevropa Ittifoqi vaziri Alan Dunjanga ta’ziya maktubimni yo’lladim. Terrorizm barcha davlatlar uchun katta tahdiddir. Terror tashkilotlarining bir-biridan farqi yo’q. Shu saababli ularga qarshi ommaviy kurash olib borish zarur”,-dedi.

Londondagi terrorchilik harakatini qoralagan Adolat vaziri Bekir Bozdag’ terrorizm, terror tashkilotlari va terroristlar barcha davlatlarning va insoniyatning mushtarak muammosi ekanini aytdi.

 

 



Aloqador xabarlar