Rex Tillerson 30-mart kuni Turkiyaga kelmoqchi

Turkiya Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavusho'g'li tomonidan ma’lum qilinishicha, Amerika Qo’shma Shtatlari Davlat kotibi Rex Tillerson 30-mart kuni Turkiyaga tashrif buyurmoqchi.

693228
Rex Tillerson 30-mart kuni Turkiyaga kelmoqchi

Turkiya Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavusho'g'li Amerika Qo’shma Shtatlari Davlat kotibi Rex Tillersonning 30-mart kuni Turkiyaga tashrif buyurajagini ma’lum qildi.

Tashqi ishlar vaziri Chavusho’g’li xususiy telekanalda Turkiya kun tartibini baholar ekan yaqin kunlarda Amerika Qo’shma Shtatlaridan Turkiyaga tashrif buyurish ehtimoli bo’lgan mehmonlar haqidagi savolga qarshi, 30-mart kuni Tillersonning Turkiyaga kelmoqchi ekanligini belgilab o’tdi.

Chavusho’g’li shuningdek,

Bundan ham Prezidentning, ham Bosh vazirning xabari borligini va uni Anqarada mehmon qilishdan g’oyat xursand bo’lajaklarini eslatar ekan Tillersonning, Prezident Rajap Tayyip Erdog’an va Bosh vazir Binali Yildirim tomonidan ham qabul qilinish ehtimoli borligini yetkazdi.  

Chavusho’g’li Prezident Rajap Tayyip Erdog'an bilan AQSh Davlat rahbari Donald Trumpning yuzma-yuz uchrashuvining balkim 16-aprel kuni bo’lib o’tadigan referendum ortidan amalga oshishi mumkinligini ham yetkazdi.

 



Aloqador xabarlar