Prezident Erdo'g'anning Gollandiya bilan aloqali mulohozasi...

Prezident Erdo'g'an, Gollandiyaliklarning "Qanchalik yomon bo'lganini, 8 ming Bosniyalikni qanday qatl etganini bilamiz" dedi.

691372
Prezident Erdo'g'anning Gollandiya bilan aloqali mulohozasi...

Prezident Rajab Toyyib Erdo'g'an, Turkiyaning Gollandiyaliklarni Srebrenitsiya hodisasini bildirib; "Ularning qanchalik yomon bo'lganini, 8 ming Bosniyalikni qanday qatl etganini (1991-1995) bilamiz" dedi.

Erdo'gan so'zlarini "Salomatlik sohasida mehnat qilganlar kuni bo'lgan 14 Mart Tib Bayrami bilan tabriklayman" deb boshlab, fu kasbda ishlaganlarning qanday fidokorona mehnat qilganidan bahs etdi.

Erdo'g'an, "Bizlar Gollandiyani va Gollandiyaliklarni Srebrenitsa qatliomi bilan taniymiz. Ularning bezbetligini 8 ming Bosniyalikni qatl etishi bilan tanidik. Hech kim bizga madaniyat darsi bermasin, bizning millatimizning peshonasi oq ularniki emas" deb ifoda etdi.

Yevropa o'lkalarining irqchi va fashist partiyalarning lo'ttiboziga aylanganini, Yevropa bo'ylab avjiga ko'tarilayotgan irqchilikka qarshi ogohlantirganliklarini takidlagan Erdo'g'an, Vena shartnomasi bilan Yevropa Ittifoqi shartlarining Gollandiya tomonidan oyoq osti qilinganiga diqqat qaratdi.

Prezident Erdo'g'an; "Germaniya Gollandiyani qo'llab-quvvatlaganini aytadi, sizning unlardan nima farqingiz bor?" deb ifoda etdi.

Gollandiyada ertaga bo'ladigan saylovlarga ham to'xtalib o'tgan Erdo'g'an, bu o'lkada yashagan Turk va musulmonlarga hitob qilib: "Zinhor kuchdagi irqchilarga ovoz bermang" deb chaqirdi.

Turk millatining buyukligini Gollandiya xalqining ham bir kun ko'rishini ifoda etgan Prezident Erdo'g'an, uzr so'rasalar ham bu mavzuning huquq doirasida hal bo'lishini bildirdi.

"Yevropa o'zini bilmasa ham tashlab qo'yilmaydigan darajada muhim bir qit'a" degan Erdo'g'an dunyoni bu mvzuda nozuk harakat qilishga da'vat qildi.

Erdo'g'an: "Bizlar bunlar uchun huquq va diplomatik yo'llar orqali javob so'raymiz. Har tomonlama xorijliklar va musulmonlarga qarshi dushmanlikni avjlantirmoqda" dedi.

Gollandiya boshqaruvi, shanba kuni, Tashqi ishlar vaziri Mevlud Chavushog'luning samolyotiga qo'nishga ruxsat bermagan, Oila va Ijtimoi Siyosatlar Vaziri Fatma Betul Sayan Kayani esa Turkiyaning Rotterdam Bosh konsulligiga atangan edi.



Aloqador xabarlar