Kun tahlili 11- qism

Suriya,  Astana va Jeneva uchrashuvlari doirasida davom ettirilgan diplomatik tashabbuslar oqibatida  Suriya rejimi bilan muxolif kuchlar o’rtasida  umumiy bir sulh sharoiti  ta’min etilgan.

690008
Kun tahlili 11- qism

                      Suriya,  Astana va Jeneva uchrashuvlari doirasida davom ettirilgan diplomatik tashabbuslar oqibatida  Suriya rejimi bilan muxolif kuchlar o’rtasida  umumiy bir sulh sharoiti  ta’min etilgan. Faqat, harbiy sohada ta’min etilgan ushbu nisbiy muvaffaqiyat esa  siyosiy, idoriy  va konstitutsiya  mavzularida muhokama qilinmagani  ma’lum bo’lmoqda.  Suriyaning siyosiy va idoriy kelajagi va hamda o’lkada tashkil etiladigan yangi konstitutsiyaviy mavzularda kelishmovchiliklar davom etgani ko’rilmoqda. Bu mavzularga salbiy ta’sir qoldirgan masala  esa DEASHga qarshi  buyuk kuchlar orasida mushtarak bir strategiya   tashkil etimagani. Ayniqsa, oxirgi kunlarda Munbichda sodir bo’lgan siyosiy va harbiy taraqqiyotlar, Rossiya, AQSh va boshqa kuchlar mushtarak bir Rakka operatsiyasi tashkil etish o’rniga, ega bo’lgan geografik va siyosiy hokimiyat sohalarini rivojlantirmoqda va bir- birlariga ustunlik tuzish izida ekanligi ma’lum bo’lmoqda.

                                  Munbich ko’plab  jihatdan Suriya mavzusida muhim rol o’ynaganini aytish mumkin. Birinchidan, DEAShning Halab bilan bo’lgan oxirgi aloqa nuqtasi bo’lishidan yuzaga chiqmoqda. Ikkinchidan, DEAShning markazi bo’lgan Rakka yo’li ustida  jihozlanish nuqtasi bo’lgani uchun strategik ahamiyatga egadir. Uchinchidan, Turliya Obama davridan beri davom etgan e’tirozlarga qaramasdan mintaqaning ko’pchiligini  o’z qo’lida ushlab to’xtagan PKK- YPGning Munbichni tark etib  Firatning sharqiyga chekinishi va bu vaziyat Turkiya- AQSh va Rossiya bilan aloqalariga salbiy ta’sir tashlashga davom etadi.

 

                      Bundan boshqa, o’tgan hafta terror tashkiloti PYD/ PKK yetakchilik qilgan Suriya demokratik kuchlari, Munbichda Turkiya tomonidan himoya qilingan Erkin Suriya qo’shini bilan chegara qo’shni qishloqlarini Suriya qo’shiniga tark etishlarini e’lon qilishi masalani yana ham murakkab holga keltirgandir.  Suriya demokratik kuchlari bilan Suriya rejimi o’rtasida bir  bitim imzolangan va ushbu bitimni ta’min etgan o’lka  esa Rossiya ekanini mustaqil xabar manbalari ma’lum qilgan.  AQShlik rasmiylar esa avval ushbu taraqqiyot bilan tegishli  tafsilotli ma’lumot berishdan tortinsalar ham keyinchalik Pentagon tomonidan qilingan izohda, Munbich va atrofiga 500 nafar AQSh harbiy xizmatchisini joylashtirilgani ifoda etildi. Alohida, AQShning Yaqin sharq hududidan mas’ul qo’mondon Townsendi “ Rakka harakatida YPG kuchlarining  ham o’rin olishiga doir, qilgan izohlar, Munbich hududi ustida sohadagi faol kuchlar o’rtasida bir hokimiyat kurashi ekanini  ochiq ma’lum qilmoqda.

                                  AQSh, Munbichda PKK- YPG bilan strategik ustunlik tuzishga harakat qilar ekan, Turkiyasiz ham bu strategiyaning yutuqli bo’lmasligi aniqdir.  Shu bois Peshmerge kuchlaridan  foydalanishi kabi o’rta formullar ishlab chiqarishga harakat qilmoqda. PKK borasida nozik  hisoblar qilayotgan boshqa bir  kuch esa Rossiya. Moskva, Anqaraning barcha e’tirozlariga qarshi shimoliy  Suriyada  xud muxtor bir Kurd  tashkilotning  tashkil etilishini  Jeneva uchrashuvlari uchun tayyorlagan loyiha Suriya konstitutsiyaga qo’shilgandir.

                      Buning bilan  ham  to’xtamay PKKni bir terrorist tashkilot  sifatida ko’rmagani kabi Moskvada bir Kurd kongressi uyushtirilishini himoya qilgan. Rossiya, Suriya rejimiga qo’shimcha PKK- YPGdan  ham foydalanmoqchi bo’lishi Moskvaning Suriyada va  Yaqin sharda katta  maqsadlari bo’lgani taassurotini  uyg’otmoqda. Birinchidan Rossiyaning maqsadi, Suriyada hokimiyatini davom ettirish   boshqa muhim maqsadi esa, YPG kabi fursatlarni qo’lidan olib AQShni Suriyada mumkin bo’lganicha ta’sirsiz holga keltirish ekanini  ma’lum qilmoqda. Suriyada ta’sirini kengaytgan Rossiyaning, Yaqin sharq kuch muvozanatida o’z ta’sirini orttirishga harakat qilmoq.

                      Natijada barcha ushbu o’zgarishlardan ma’lum bo’ladi ki

                      Buyuk kuchlar  jihatidan Suriyada asl masala bu o’lkaning barqarorligini ta’min etishdan ko’proq, kelajakda mintaqada kimning igemon bo’lish mavzusi. Bu vaziyat esa ehtimol Rakka operatsiyasiga doir muammoni ham murakkab holga keltirmoqda. Ushbu yangiliklardan ma’lum bo’ladi. Turkiyaning roli bo’lmasdan turib hech bir strategiyaning yutuqli bo’lmaslik  haqiqatidir. 1

 


Tanlangan kalimalar: #Suriyai , #AQSh , #Rossiya , #Turkiya-Rossiya , #MUnbich

Aloqador xabarlar