Prezident Erdog'an Gollandiyani ogohlantirib, Fransiyaga minnatdorchilik bildirdi

Prezident Erdog'an Turkiyaning Diyonat ishlari boshchiligi tomonidan uyushtirilgan Xalqaro Yaxshilik mukofatlari marosimida so’zlagan nutqida, oxirgi bir necha kundan beri Germaniya va Gollandiyada yuz bergan Turkiya haqidagi voqelarga to’xtaldi.

689785
Prezident Erdog'an Gollandiyani ogohlantirib, Fransiyaga minnatdorchilik bildirdi

Prezident Rajap Tayyip Erdog'an Gollandiyani ogohlantirgan holda,

“Saylovlaring uchun Turkiya-Gollandiya munosabatini fido qilayotgan bo’lsang unda buning evazini to’laysan” dedi.

Prezident Erdog'an Turkiyaning Diyonat ishlari boshchiligi tomonidan uyushtirilgan Xalqaro Yaxshilik mukofatlari marosimida so’zlagan nutqida, oxirgi bir necha kundan beri Germaniya bilan Gollandiyada yuz bergan voqelarning hammasining islomofibik asosdagi masalaning yaqqol ko’rsatkichi ekanligini ta’kidladi shuningdek bu orqali, g’arbning haqiqiqy yuzining ochiq-oydin o’rtaga chiqqanligini qayd etdi.

Turkiya Respublikasi Oila va ijtimoiy siyosatlar vaziri Fatma Betul Sayan Kayaning o’z Bosh konsullik binosiga borishiga monelik qilgan mentalitetning, bu vaziyatni dunyoga qanday izoh etajagiga e’tibor qaratdi.  

Gollandiyada 15-mart chorshanba kuni bo’lib o’tadigan saylovga e’tibor qaratgan Erdog’an,

“Saylovlaring uchun Turkiya-Gollandiya munosabatini fido qilayotgan bo’lsang unda buning evazini to’laysan. Bu hali hech narsa emas. Bu vaziyat, bu muomala javobsiz qolmaydi. Mening vazirimga, mening deputatimga ahloqsizlik qilganlar buning evazini albatta to’laydi. Mening fuqarolarim ustiga otlar bilan, itlar bilan hujum qilganlar bunga albatta javob beradi” deya gapirdi.

Fransiyaga bu o’yinlarning ichiga kirmaganligi uchun minnatdorchilik bildirgan Prezident Erdog'an:

“Germaniyada, Gollandiyada yashagan turklar, qo’shnilaringizni olib Turkiyaga keling. Mehmondo’stlikni ko’rib qoysinlar” dedi.

 



Aloqador xabarlar