Nihat Zeybekchi bugun Germaniyaning Kyoln shahrida nutq so’zlaydi

Turkiya Respublikasi Iqtisodiyot vaziri Nihat Zeybekchining Germaniya dasturiga 1-mart kuni to’siqlik qilingan edi.

684903
Nihat Zeybekchi bugun Germaniyaning Kyoln shahrida nutq so’zlaydi

Turkiya Respublikasi Iqtisodiyot vaziri Nihat Zeybekchi bugun Germaniyaning Kyoln shahrida nutq so’zlaydi.

Zeybekchi, shahar markazida joylashgan bir mehmonxonaning yig’ilish zalida uyushtiriladigan va Turkiya konstitutsiyasiga o’zgartirishlar kiritish va mamlakatda prezidentlik tizimini joriy etish uchun 16-aprel kuni bo’lib o’tadigan referendumoldi tashviqot yig’ilishida nutq so’zlashi ma’lum qilindi.

Nihat Zeybekchining Germaniya dasturiga 1-mart kuni to’siqlik qilingan edi.

Yevropalik turk demokratlar ittifoqining yoshlar qanoti, ijtimoiy tarmoq orqali bergan bayonotida,

“Barcha to’siqliklarga qaramay Iqtisodiyot vazirimiz Hurmatli Nihat Zeybekchi bugun yurttoshlarimiz bilan uchrashmoqda” dedi.   

Kyoln xavfsizlik organlari, yig’ilishning shahar markazidagi bir mehmonxonada bo’lib o’tishini lekin ushbu yig’ilish oddiy yig’ilish emasligi tufayli boshqa ma’lumot berolmasliklarini ma’lum qildi.



Aloqador xabarlar