Tashqi ishlar vaziri Chavusho’g’lu bu Nemis davlatining tartiblibir odati holiga keldi dedi

Tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavusho’g’lu, Adolat vaziri Bekir Bo’zdog’ning Germaniyadagi Turklar bilan o’tkazmoqchi bo’lgan yig’ilishning bekor qilinishiga tegishli  “  Bu Nemis davlatining tartibli  ravishda bir  odati  holiga keldi.” Dedi.

683936
Tashqi ishlar vaziri  Chavusho’g’lu  bu Nemis davlatining tartiblibir  odati  holiga keldi dedi

Tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavusho’g’lu, Adolat vaziri Bekir Bo’zdog’ning Germaniyadagi Turklar bilan o’tkazmoqchi bo’lgan yig’ilishning bekor qilinishiga tegishli  “  Bu Nemis davlatining tartibli  ravishda bir  odati  holiga keldi.” Dedi.

Tashqi ishlar vazir Chavusho’g’lu, Vengriya tashqi ishlar vaziri va tashqi savdo vaziri Peter Szijarto bilan tashqi ishlar vazirlik  qarorgohida  nonushtada uchrashdi.

Chavusho’g’lu, keyinchalik jurnalistlarga  ma’lumot berdi.

Chavusho’g’lu, Adolat vaziri Bekir Bo’zdog’ ishtirok etadigan yig’ilishning bekor qilinishi borasida to’xtalib, “ Germaniyaning ushbu uslubi haqiqatan na demokratiya na ham ifoda erkinligi va na  yig’ilish erkinligida o’rini bor. Barchaga  demokratiya sabag’i berishga harakat qilgan bir o’lka, hatto ko’p o’lkaning ichki ishlariga bu shaklda aralashishga harakat qilgan bir o’lkaning va uning sistemasi o’xirgi yillarda  Bunga o’xshash faoliyatlarga to’siq  bo’lishga harakat qilgan Germaniya va G’arbning  qanchalik   ikki yuzlamchi ekanini ko’rsatmoqda.” Dedi.

Prezident Rajab Toyyib Erdo’g’an o’tgan yil Germaniyada yurtdoshlari bilan o’tkazadigan 15- iyul harbiy to’ntartish   tashabbusi bilan  tegishli yig’ilishga to’sqinlik qilganiga diqqat qaratgan Chavusho’g’lu,

Faqat bo’lginchi terror tashkiloti PKKning  yig’ilishga ruxsat berilganini va ushbu yig’ilishga PKK to’da boshchisi jonli ravishda bog’langanini  ham eslatdi.

Chavusho’g’lu,

“ Terrorist to’da boshchilariga ruxsat berasiz, xalqning ovozi bilan saylangan Turkiya respublikasining Prezidenti Rajab Toyyib Erdo’g’anga ruxsat bermaysiz. Buni izoh etishlari mumkin emas” deb aytdi.

Bosh vazir Binali Yildirim ham o’tgan haftaki Germaniya yig’ilishiga to’sqinlik qilishga  harakat qildilar dedi.

“ Endi esa ayniqsa shahar hokimliklari yig’ilishlarni  biri- ketin bekor qila boshladilar . Bu  bir tasodif emas. Bu Germaniya davlatining  tartibli bir amali holiga keldi.”  Dedi.  

Chavusho’g’lu,

“ Bizni teng bir sherik kabi ko’rmoq majburiyatida. Turkiya sizning buyurig’ingizda bir o’lka emas.

Siz  Turkiyaning  xo‘jayini  emassiz. Siz birinchi sinf, Turkiya ikkinchi sinf emas. Biz sizga bunday harakat qilmaymiz. Siz ham Turkiyaga  teng bir sherik kabi harakat qilmoq  majburiyatidasiz.” Deb ma’lum qildi.

Tashqi ishlar vaziri Chavusho’g’lu, “ Turk jamiyatiga qilingan tartibli bosimlar Turk jamiyatini  qo’rqitmas. Buni  bajara olmaysiz. Keling mushtarak harakat qilaylik. Turk jamiyati sohasida  birgalikda faoliyat olib boraylik.” Dedi.

Chavusho’g’lu, “ Biz bilan ishlamoqchi bo’lsangiz bizga qanday harakat qilishni  o’rganish majburiyatidasiz.  Biz hech tortinmasdan har turli javobni beramiz. U payt natijasini siz o’ylab ko’ring deb aytdi.

 


Tanlangan kalimalar: #Mevlut Chavusho'g'li , #Nemis , #Norozichilik

Aloqador xabarlar