Turkiya Ichki ishlar vaziri Sulaymon Soylu Tunjeli viloyatiga tashrif buyurdi

Sulaymon Soylu:“Biz dunyoning eng qimmatbaho mintaqasida joylashganmiz. Geografiyamizning qiymatini tushirmoqchi bo’ldilar”,-dedi.

682865
Turkiya Ichki ishlar vaziri Sulaymon Soylu Tunjeli viloyatiga tashrif buyurdi

Turkiya Ichki ishlar vaziri Sulaymon Soylu Tunjeli viloyatiga tashrif buyurdi.

U Tunjeli madaniyat markazida uyushtirilgan tadbirda so’zga chiqdi.

Hukumatning terrorizmga qarshi kurashdagi qat’iyligi, xavfsizlik kuchlarining bu kurashdagi jasorati va xalqning katta ishonchi bilan terror tashkiloti PKKni tubdan bartaraf etishini aytgan Sulaymon Soylu: “Biz dunyoning eng qimmatbaho mintaqasida joylashganmiz. Geografiyamizning qiymatini tushirmoqchi bo’ldilar”,-dedi.

“Mintaqamizning qiymatini tushirib, uni qo’limizdan tortib olishga harakat qilmoqdalar. Uni boshqarila olmaydigan notinch joyga aylantirmoqchi. Chunki, Yaqin sharq neftini, Kafkazlardagi neftni, Uzoq sharq va Afrikagacha cho’zilgan zamonaviy Ipak yo’lining markazida joylashgan mamlakatimizni turk xalqi boshqarishini xohlamayotirlar”,-deydi Ichki ishlar vaziri Sulaymon Soylu.

Turkiyaning geografik imkoniyatlaridan turk xalqining foydalanishini xohlamagan ba’zi kuchlar davlatning energiyasini terrorizm vositasida quritmoqchi bo’lganini aytgan Sulaymon Soylu, terrorizmni Turkiyadan butunlay yo’q qilishga qat’iyligini tilga oldi.

 

 



Aloqador xabarlar