Mevlut Chavusho'g'li Germaniyada, ko’plab ikki tomonlama uchrashuv o’tkazdi

Tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavusho'g'li “G-20 Tashqi ishlar vazirlari yig’ilishi” va “53- Xalqaro Myunxen Xavfsizlik konferentsiyasi”da ishtirok etish uchun Germaniyaga borar ekan u yerda ko'plab ikki tomonlama uchrashuv o’tkazdi.

675510
Mevlut Chavusho'g'li Germaniyada, ko’plab ikki tomonlama uchrashuv o’tkazdi

Tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavusho'g'li “G-20 Tashqi ishlar vaziri yig’ilishi” va “53- Xalqaro Myunxen Xavfsizlik konferentsiyasi”da ishtirok etish uchun Germaniyaga borar ekan u yerda ko'plab ikki tomonlama uchrashuv o’tkazdi.

Tashqi ishlar vaziri Chavusho'g'li, G-20 Tashqi ishlar vaziri yig’ilishi uchun 16-fevral kuni Germaniyaning Bonn shahrida bo’ldi.

Ikki kun davom etgan ushbu yig’ilishlarda barqaror rivojlanish, xavfsizlik, tinchlikni saqlash va Afrika bilan hamkorlik kabi global va mintaqaviy mavzular qo’lga olindi.

Eng avvalo Iqlim o’zgarishlari boyicha BMT doiraviy konvensiyasi Ijrochi direktori Espinosa Kantellano bilan iqlim o’zgarishlariga qarshi kurash masalasini qo’lga olgan Chavusho’g’li, ortidan Norvegiya Tashqi ishlar vaziri Borge Brende va Amerika Qo’shma Shtatlari Tashqi ishlar vaziri Rex Tillerson bilan uchrashdi.

Chavusho’g’li amerikalik kasbdoshi bilan ikki tomonlama uchrashuvlar, DEASh, PYD va FETO terror tashkilotlariga qarshi kurash masalasini qo’lga oldi.  

Mevlut Chavusho'g'li shuningdek Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov, Kanada Tashqi ishlar vaziri Xristya Friland, Italiya Tashqi ishlar vaziri Angelino Alfano, Yaponiya Tashqi ishlar vaziri Fumio Kishida, Fransiya Tashqi ishlar vaziri Jan-Mark Ero, Iordaniya Tashqi ishlar vaziri Aymen as-Safadiy va Yevropa ittifoqi Tashqi ishlar vaziri va Xavfsizlik siyosati vakili Federica Mogherini bilan uchrashdi.     

Bonndagi uchrashuvlari ortidan Tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavusho'g'li “53- Xalqaro Myunxen Xavfsizlik konferentsiyasi”da ishtirok etish uchun Germaniyaning Myunxen shahriga bordi.

Chavusho’g’li Myunxendagi birinchi kunida Eron Tashqi ishlar vaziri Javad al-Zarif va Qirg’iziston Tashqi ishlar vaziri Erlan Abdildayev bilan uchrashdi.

Mevlut Chavusho'g'li kecha Myunxenda eng avvalo Lixtenshteyn Tashqi ishlar, ta’lim va madaniyat vaziri Aureliya Frik bilan uchrashar ekan ortidan Makedoniya Bosh vazir o’rinbosari va Tashqi ishlar vaziri Nikola Poposki, Germaniya parlamentining tashqi ishlar bo’yicha raisi Norbert Rottgen va BMTning Qochqinlar bo’yicha Oliy komissari, Filippo Grandi bilan alohida-alohida uchrashdi.    



Aloqador xabarlar