Bosh vazir Binali Yildirim 53- Xalqaro Myunxen Xavfsizlik konferentsiyasida ishtirok etdi

Binali Yildirim u yerda Germaniyaning Federal kantsleri, Ozarbayjon Prezidenti, AQSh vitse-prezidenti, Chernogoriya Bosh vaziri, Yevropa Xalq partiyasi raisi va Afg’oniston Prezidenti bilan alohida-alohida uchrashdi.

675452
Bosh vazir Binali Yildirim 53- Xalqaro Myunxen Xavfsizlik konferentsiyasida ishtirok etdi

Bosh vazir Binali Yildirim Germniyada, “53- Xalqaro Myunxen Xavfsizlik konferentsiyasi”da ishtirok etdi.

Binali Yildirim u yerda Germaniyaning Federal kantsleri Angela Merkel, Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev va Amerika Qo’shma Shtatlari vitse-prezidenti Mike Pence, Chernogoriya Bosh vaziri Dushko Markovich, Yevropa Xalq partiyasi raisi Manfred Weber va Afg’oniston Prezidenti Ashraf G'ani Ahmadzay bilan uchrashdi.  

Binali Yildirim Merkel bilan bo’lgan uchrashuvi chog’ida Germaniyani Rakka amaliyotiga taklif qildi.

Bosh vazir Yildirim bilan AQSh vitse-prezidenti Mike Pence o’rtasida bo’lib o’tgan uchrashuvda Turkiya-AQSh va NATO doirasidagi harbiy va xavfsizlik munosabatlarning qo’lga olinganligi, terrorizmga qarshi kurashda hamfikrlik shuningdek mushtarak say-harakatning ahamiyatiga to’xtalganligi ma’lum qilindi.  

Bosh vazirlik Matbuot xizmatidan olingan ma’lumotga ko’ra uchrashuvda, oxirgi kunlarda ikki mamlakat hukumatlari o’rtasida ortgan ikki tomonlama uchrashuvlarga e’tibor qaratilib, do’st va ittifoq mamlakatlar hisoblangan Turkiya va AQSh o’rtasidagi sheriklik munosabatlarining ahamiyati borasidagi fikrdoshlikdan xursand ekanligi shuningdek, bu munosabatlarni yana-da mustahkamlash to’g’risidagi qarorlilik yana bir bor ta’kidlangan.

Uchrashuvda, FETO terror tashkiloti raisi Fetullah Gulenning ekstraditsiya qilinishi borasida Turkiyaning yangi AQSh rahbariyati bilan har qanday hamkorlikga tayyor ekanligini ta’kidlagan Bosh vazir Binali Yildirim bu masalaning hal qilinishi, ikki mamlakat o’rtasida yangi sahifa o’chishini ham o’z so’ziga ilova etgan.

Bosh vazir Yildirim, FETO terror tashkilotidan hech qanday farqi bo’lmagan DEASh terror tashkiloti kabi radikal tashkilotlarga qarshi kurashda ham, Turkiya bilan AQShning birgalikda kurash olib borishi kerakligiga e’tibor qaratganligi qayd etildi.  

Uchrashuvda Binali Yildirimning, Suriyada tinchlik o’rnatish va mintaqani terroristlardan qutqarish masalasida AQSh bilan Turkiyaning birgalikda faoliyat olib borishi kerakligini ham ta’kidlagan.

Amerika Qo’shma Shtatlari vitse-prezidenti Mike Pencening ham, yangi AQSh rahbariyatining ham Turkiya bilan yangi hamkorliklar qilishni xohlaganligini, Turkiya bilan bo’lgan munosabatini yana-da mustahkamlashga tayyor ekanliklarini ta’kidlaganligi o’rganildi.  

 



Aloqador xabarlar