Bosh vazir Binali Yildirim Germaniyada Angela Merkel bilan uchrashuv o’tkazdi

Bosh vazir Binali Yildirim Xalqaro Myunxen Xavfsizlik konferentsiyasining navbatdagi majlisida ishtirok etish va turli uchrashuvlar o’tkazish maqsadida Germaniyaga borar ekan u yerda kasbdoshi Merkel bilan bugun ertalab, nonushta chog’ida uchrashdi.

675197

Matbuotga yopiq ravishda bo’lib o’tgan uchrashuv qariyb 50 daqiqa davom etdi.

Xalqaro Myunxen Xavfsizlik konferentsiyasining navbatdagi majlisida Turkiya nomidan Yevropa ittifoqi vaziri va bosh muzokarachi O’mer Chelik, Tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavusho'g'li, Yoshlar va sport ishlari vaziri Akif Chag’atay Kilich, Milliy Mudofaa vaziri Fikri Ishik, Turkiyaning Berlindagi elchisi Ali Kemal Aydin va boshqa vakillar ishtirok etdilar.

Uchbu uchrashuv ortidan Bosh vazir Binali Yildirim Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev bilan ham uchrashdi.

Shuningdek Bosh vazir Germaniyada, Amerika Qo’shma Shtatlari vitse-prezidenti Mike Pence bilan ham uchrashadi.

Mike Pence bilan bo’lib o’tadigan uchrashuvda FETO, PKK va DEASh terror tashkiloti bosh bo’lish bilan birga terrorizmga qarshi kurashda hamkorlik qilish masalalarining qo’lga olinishi kutilmoqda.

Bosh vazir Binali Yildirim Germaniyada shuningdek, Xalqaro Myunxen Xavfsizlik konferentsiyasida ham ishtirok etadi.

Bugun oqshom vaqtlarida esa Myunxendan Germaniyaning Oberhausen shahriga qarab yo’l oladigan Yildirim, g’urbatda yashagan turk fuqarolari bilan ham uchrashadi.   

Aloqador xabarlar