AQSh Qurolli kuchlar Bosh shtab boshqarmasi raisi Joseph Dunford Turkiyaga keldi

Kecha 2017-yilning 16-fevrali kuni Ozarbayjonda, Rossiya Qurolli kuchlar Bosh shtab boshqarmasi raisi Valeriy Gerasimov bilan uchrashgan AQSh Qurolli kuchlar Bosh shtab boshqarmasi raisi Josef Dunford bugun ertalab Turkiyaga keldi.

674517
AQSh Qurolli kuchlar Bosh shtab boshqarmasi raisi Joseph Dunford Turkiyaga keldi

Amerika Qo’shma Shtatlari Qurolli kuchlar Bosh shtab boshqarmasi raisi Joseph Dunford bugun ertalab Turkiyaga keldi.

Qurolli kuchlar Bosh shtab boshqarmasi raisi general Hulusiy Akar bilan Amerika Qo’shma Shtatlari Qurolli kuchlar Bosh shtab boshqarmasi raisi general Joseph Dunford Turkiyaning Adana shahrida joylashgan Injirlik bazasida uchrashadi.

Ikkala mamlakat Qurolli kuchlar Bosh shtab boshqarmasi raisining, uchrashuv ortidan bayonot berishlari kutilmoqda.



Aloqador xabarlar