Rossiya tuproqlarida shahid bo'lgan turk askarlari xotirasiga atab, yodgorlik o’rnatilmoqchi

Turkiya-Rossiya o’rtasida 2012-yili qo’l qo’yilgan shartnomaga binoan Birinchi Jahon urushi chog’ida asirga olingan va lagerlarda jon berib Rossiyaning Krasnoyarsk shahrida tuproqqa berilgan turk askarlari xotirasiga atab yodgorlik o’rnatilmoqchi.

672777
Rossiya tuproqlarida shahid bo'lgan turk askarlari xotirasiga atab, yodgorlik o’rnatilmoqchi

Turkiya bilan Rossiya o’rtasida qo’l qo’yilgan “shahidlik shartnomasi” Turkiya Buyuk Millat Majlisi Yalpi yig’ilishida qabul qilindi.

Roppa-rosa 188 deputatning qo’llab-quvvatlashi orqali qabul qilingan shartnoma bilan Birinchi Jahon urushi chog’ida asirga olingan va lagerlarda jon berib Rossiyaning Krasnoyarsk shahrida tuproqqa berilgan turk askarlari xotirasiga atab yodgorlik o’rnatilmoqchi.

Shuningdek ushbu shartnoma doirasida Rossiyaning Vladivostok, Petrevskiy va Hirov shaharlaridagi turk askarlarining mozorlarida shahidlarning kim ekanligi, tagi-tugi aniqlanib, ular xotirasiga atab ham nomi tilga olingan shaharlarda yodgorlik o’rnatilishi ko’zda tutilmoqda.   

Shartnomaga 2012-yilning 3-dekabri kuni Bosh vazirlar ishtirokida uyushtirilgan Turkiya-Rossiya Federatsiyasi Oliy darajali hamkorlik kengashining uchunchi yig’ilishida Tashqi ishlar vazirlari tomonidan qo’l qo’yilgan edi.

Rossiya shartnoma to’g’risidagi ichki tasdiqlash jarayonini 2013-yilning 11-dekabri kuni tamomlagan.

Turkiya Buyuk Millat Majlisida qabul qilingan shartnoma to’g’risidagi qonunning Prezident tomonidan tasdiqlanib, rasmiy gazetada chop etilishi ortidan, Turkiyadagi ichki huquqiy jarayon ham o’z nihoyasiga yetgan bo’ladi.



Aloqador xabarlar