Prezident Erdog'an Umra ibodatini ado etdi

Prezident Rajap Tayyip Erdog'an rasmiy ziyorat uchun Saudiya Arabistoniga borar ekan u yerda Kabani ziyorat qilib, Umra ibodatini ado etdi.

673370
Prezident Erdog'an Umra ibodatini ado etdi

Prezident Rajap Tayyip Erdog'an rasmiy ziyorat uchun Saudiya Arabistoniga borar ekan u yerda Kabani ziyorat qilib, Umra ibodatini ado etdi.

Erdog’an Madinada, Hazrati Muhammadning qabri ham o’rin olgan Masjidi Nabaviyni ziyorat qilganidan keyin Qirol Abdulaziz nomidagi xalqaro aeroportga qarab yo’l oldi.

Umra ibodati uchun avtomobil yo'li orqali Makkaga borgan Erdog’an kechqurun Xaram masjidini ziyorat qildi.  

Erdog’an boshchiligidagi hay’at Kabada avvalom bor Umra ibodatini ado etdi ortidan esa Marva va Safa tog’lari o’rtasida sa’y qildi.

Prezident Erdog’an bilan birga turmush o’rtog’i Emine Erdog’an, Qurolli kuchlar Bosh shtab boshqarmasi general Hulusiy Akar, Iqtisodiyot vaziri Nihat Zeybekchi, Energiya va tabiiy manbaalar vaziri Berat Albayrak va Milliy razvedka tashkiloti maslahatchisi Hakan Fidan ham Umra ibodatini ado etdi.

Umra ibodatini tamomlagan Erdog’an ortidan Saudiya Arabistonidagi Qirol Mehmonxonasiga qarab yo’l oldi.  

 



Aloqador xabarlar