Prezident Erdog’an bilan Rossiya Davlat rahbari Vladimir Putin mart oyida uchrashmoqchi

Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Matbuot kotibi Dmitriy Peskovning aytishicha, 2017-yilning mart oyida Rossiya Davlat rahbari Vladimir Putin bilan Prezident Erdog’an uchrashadi.

662333

Peskov joriy yilning mart oyining boshida o’tkazilishi rejalashtirilgan “Rossiya-Turkiya o’rtasidagi Oliy darajali hamkorlik kengashi” yig’ilishi doirasida Putin bilan Erdog’anning, uchrashib-uchrashmasligi haqidagi savolga qarshi,

“Ha, albatta. Bu uchrashuv uchun kerakli tayyorgarliklar ko’rilmoqda” deb javob berdi.

Prezident Erdog’anning, Oliy darajali hamkorlik kengashi yig’ilishi doirasida Rossiyani ziyorat qilishi va Putin bilan o’zaro uchrashuvlar ham o’tkazishi kutilmoqda.

Ushbu uchrashuvda Suriya vaziyati bosh bo’lish bilan birga, boshqa xalqaro dolzarb masalalar va mintaqaviy mavzularning ham kun tartibiga olib chiqilishi kutilmoqda.  

Oliy darajali hamkorlik kengashi yig’ilishlarining oxirgisi 2014-yilning dekabr oyida o’tkazilgan edi.

Aloqador xabarlar