Firat qalqoni amaliyoti doirasida kecha 30 nafar terrorist qo’lga tushirildi

Amaliyotning 161-kunida, muxolifat unsurlardan tashkil topgan maxsus guruh kuchlari tomonidan DEASh terror tashkilotiga oid 207 ta obyekt ham vayron qilindi.

662523
Firat qalqoni amaliyoti doirasida kecha 30 nafar terrorist qo’lga tushirildi

Turk qurolli kuchlari tomonidan Suriyaning shimolini terroristlardan qaytarib olish maqsadida davom etgan Firat qalqoni amaliyotining 161-kuni DEASh terror tashkilotiga a’zo 30 nafar terrorist qo’lga tushirildi.

Turkiya Respublikasi Qurolli kuchlar Bosh shtab boshqarmasi tomonidan berilgan ma’lumotga ko’ra DEASh bosh bo’lish bilan birga barcha terror tashkilotidan kelgan tahditni yo’q qilib, hudud xavfsizligini ta’minlash va koalitsiya kuchlariga yordam berish yo’li bilan Suriyaning shimolini qutqarishga qaratilgan amaliyot 2016-yilning 24-avgustidan beri davom etmoqda.  

Amaliyotning 161-kunida, muxolifat unsurlardan tashkil topgan maxsus guruh kuchlari tomonidan DEASh terror tashkilotiga oid 207 ta obyekt vayron qilindi.

Turkiya Harbiy-havo kuchlari qo’mondonligi Suriyaning al-Bob, Bzagah va Tadif mintaqalarida aniqlangan DEASh terror tashkilotiga oid 24 ta obyektga qarshi havo hujumi uyushtirdi. Havo hujumi oqibatida boshpana sifatida foydalanilgan 20 ta bino, 4 ta bomba yuklangan mashina garaji, 1 ta zenit raketasi va 1 ta zambarak mavzeyi foydalanishdan chiqarildi.

Koalitsiya kuchlarining, Suriyaning al-Bob mintaqasiga qarshi uyyushtirgan havo hujumi oqibatida DEASh terror tashkilotiga oid bir tunnel ham yo’q qilindi.

Kun boyi ham yerdan, ham havodan davom etgan amaliyot doirasida 30 nafar DEASh terror tashkiloti a’zosi qo’lga tushirildi. Shuningdek 4 ta mashina yo’q qilindi.

DEASh terror tashkilotidan qutqarilgan mintaqalarda 43 ta qo’lda yasalgan portlaguvchi modda yo’q qilindi. Amaliyot boshlaganidan beri esa 3 ming 550 ta qo’lda yasalgan portlaguvchi modda bilan 55 ta mina yo’q qilindi.

 



Aloqador xabarlar