Binali Yildirim bilan Buyuk Britaniya Bosh vaziri Therasa May matbuot anjumani uyushtirdi

Eslatib o'tamiz kecha 2017-yilning 28-yanvari kuni Buyuk Britaniya Bosh vaziri Therasa May rasmiy ziyorat bilan Turkiyaga tashrif buyurgan bo'lib, May tashrifi chog'ida eng avvalo Turkiya Respublikasi Bosh vaziri Binali Yildirim bilan uchrashgan edi.

661286
Binali Yildirim bilan Buyuk Britaniya Bosh vaziri Therasa May matbuot anjumani uyushtirdi

Bosh vazir Binali Yildirim Buyuk Britaniya bilan Turkiyaning yangi urush uchog’i ishlab chiqarish loyihasi ustida ish olib borajaklarini aytdi.

Bosh vazir Binali Yildirim kecha rasmiy ziyorat bilan Anqaraga tashrif buyurgan Buyuk Britaniya Bosh vaziri Therasa Mayni Chankaya ko’shkida rasmiy marosim bilan kutib oldi.

Binali Yildirim bilan Therasa May marosimi ortidan avvalom bor o’zaro, ortidan esa hay’atlararo uchrashuv o’tkazdi.   

Yakunida uyushtirilgan matbuot anjumanida ishtirok etgan Yildirim, mudofaa sanoati sohasidagi hamkorlikni yana-da rivojlantirish maqsadida fuqaro aviatsiyasi asosidagi loyihani rivojlantirishga qaratilgan Turk aviatsion-kosmik sanoati (TAI) bilan Buyuk Britaniyaning BAE Systems o’rtasida cheklangan shartnomaga qo’l qo’yilganligini ma’lum qildi.

Ushbu loyihaning ham Turkiya, ham da Buyuk Britaniya hukumati tomonidan qo’llab-quvvatlangan muhim loyiha ekanligini ta’kidlagan Yildirim loyihaning, mudofaa sohasida har ikki mamlakatning kuchiga-kuch qo’shajagiga e’tibor qaratdi.  

Terrorizmning, bugungi kunning eng katta tahdidi ekanligini eslatgan Bosh vazir Yildirim,

“2016-yilning 15-iyuli kuni Turkiya hukumatini to’ntarishga tashabbus qilgan terroristlarning haqiqiy va eng asosiy aktyori hisoblangan Fetullah Gulen terror tashkilotining butun dunyoda bo’lganidek Buyuk Britaniyada ham ba’zi faoliyatlari mavjud. Bu faoliyatlar haqida hurmatli Therasa Mayga ma’lumot berish imkonini qo’lga kiritdik. Shuningdek hurmatli Bosh vazirdan Fetullahchi terror tashkilotining Buyuk Britaniyadagi qanotiga qarshi, huquqiy yo’llar orqali kerakli choralarning ko’rilishini ham talab qildik” dedi.

Kipr masalasida ham fikr almashganliklarini yetkazgan Yildirim,

“Kiprda doimiy tinchlikni o’rnatish uchun har ikki tomonga ham quloq solinishi va muammoning odilona ravishda hal qilinishi darkor. Bunday natija kafil mamlakatlar hisoblangan Buyuk Britaniya bilan Turkiyani hursand qiladi” dedi.

Suriya va Iroqdagi terror tashkilotiga qarshi kurashda ham Turkiya bilan Buyuk Britaniya o’rtasida hamkorlik qilinishi kerakligiga e’tibor qaratgan Bosh vazir Yildirim, Turkiyaning bu mavzuda olgan javobgarchiligini dunyoning boshqa davlatlari ham teng bo’lishishi kerakligini aytdi.

Amerika Qo’shma Shtatlari Prezidenti Donald Trumpning, musulmonlarning AQShga kirishini man etgan qarornomasi haqidagi jurnalistlar bergan savolga Bosh vazir Yildirim, buning inson huquqlariga zid ekanligini ta’kidladi.

Bugun yangi strategik hamkorlik boshlatganliklarini tilga olgan Buyuk Britaniya Bosh vaziri May ham, bu hamkorlik razvedka maʼlumotlarini o’zaro almashish tizimi, aviatsiya xavfsizligi va mamlakat ichida xavfsizlikni ta’minlash masalalariga yordam berajagini aytdi.

May, “Bu hamkorlik Turkiyaga yordam beradi. Chunki Turkiya borgan sayin avj olgan terror hujumlari tashkil etgan tahdid ostida qoldi. Shu doirada oxirgi 18 oy ichida 500 dan ortiq Turk xavfsizlik organi xodimlari bilan askarlarning o’ldirilganligini ham unutmasligimz lozim” deya gapirdi.



Aloqador xabarlar