Turkiya miqyosida terrorizmga qarshi kurash keskin davom etmoqda

Mamlakatning Suriyaga chegaradosh viloyatlarida bir hafta ichida 21 ta terrorist o’ldirilgan.

657422
Turkiya miqyosida terrorizmga qarshi kurash keskin davom etmoqda

Turkiya miqyosida terrorizmga qarshi kurash keskin davom etmoqda.

Mamlakatning Suriyaga chegaradosh viloyatlarida bir hafta ichida 21 ta terrorist o’ldirilgan.

Ichki ishlar vazirligi ma’lum qilishicha, mamlakat miqyosida o’tgan hafta xavfsizlik kuchlari tomonidan terror tashkiloti PKKga qarshi jami 228 ta operatsiya o’tkazilgan.

Terroristlarga yordam berganlikda va ularni yashirganlikda gumon qilingan 372 shaxsdan 36 nafari qamoqqa olindi.

Terror tashkilotiga aloqadorlikda ayblanib qo’lga olingan 33 ta shaxsdan biri qamoqqa olindi.

Operatsiyalar doirasida Bitlis, Diyarbakir, Shirnak va Tunjeli viloyatlarida terroristlar tomonidan foydalanilgan yer to’lalar, g’orlar, okoplar va portlashga tayyor qilib qo’yilgan 4 ta qo’lbola bomba va mina yo’q qilindi.

Bundan tashqari, portlovchi modda yasashda qo’llanilgan 573 kg modda bilan 7 ta qo’lbola bomba va 50 ta qurol topildi.

Terror tashkiloti DAISh bilan aloqasi borligi aniqlanib qo’lga olingan 75 ta shubhali shaxsdan biri hamda Fathulloh Gulen harakatiga aloqadorlikda ayblangan 1218 kishidan jami 572 nafari qamoqqa olindi.

 



Aloqador xabarlar