Turkiya Prezidenti R.T.Erdog’an:"Turkiyaga qaratilgan tahdidlarni tubdan yo’q qilish zarur"

Turkiya Prezidenti R.T.Erdog’an bu so’zlarni poytaxt Ankarada Kechio’ren metrosi ochilishida so’zlagan nutqida tilga olib o’tdi.

645220
Turkiya Prezidenti R.T.Erdog’an:"Turkiyaga qaratilgan tahdidlarni tubdan yo’q qilish zarur"

Turkiya Prezidenti R.T.Erdog’an Turkiyaga qaratilgan tahdidlarni tubdan yo’q qilish zarurligini aytdi.

Erdog’an bu so’zlarni poytaxt Ankarada Kechio’ren metrosi ochilishida so’zlagan nutqida tilga olib o’tdi.

“Bizni bir paytlar DAIShga qarshi kurashmayotir deya xalqaro maydonda qoralaganlar DAIShga hamla qilganimizda birdan oldimizdan chiqib, uncha oshirib yubormang deyishlari bekorga emas. Ularning 20 kmdan nariga o’tmang degani bekorga emas. Ular nima deyishidan qat’iy nazar, biz o’z xavfsizligimizni o’ylashga majburmiz”,-deydi Turkiya Prezidenti R.T.Erdog’an.

Turkiyaning DAIShga qarshi kurashi davom etishiga e’tibor qaratgan Erdog’an:“DAIShga qarshi kurashda boshqa terror tashkilotidan foydalanganlarning hiylasi Turkiyaning harakatga tushishi bilan fosh etildi. Bularning dardi mintaqani DAIShdan tozalash emas, aksincha mintaqani qon ko’liga aylantirishdir”,-dedi.

Erdog’an: “Shuni yodimizdan chiqarmasligimiz kerak; Turkiyaning xavfsizligi Gaziantepdan emas, Halabdan boshlanadi. Hataydan emas Idlibdan, Mersindan emas Kiprdan, Karsdan emas Nahchivandan boshlanadi”,-deya nafaqat Turkiya chegaralari, balki qo’shni davlatlarning chegaralaridagi zayiflik Turkiyaning ichki xavfsizligiga rahna solishini ma’lum qildi.

Terror tashkilotlari bir-biridan farq qilmasligini aytgan Erdog’an: “DAISh, PKK, PYD, YPG, DHKP-J va Fathulloh Gulen harakatining bir-biridan farqi yo’q. Ular qora niyatlarini hech qachon yashirmadilar”,-dedi.

 



Aloqador xabarlar