Turkiya Prezidenti R.T.Erdog’an mahalla komiteti raislarini qabul qildi

Prezidentlik saroyida 33-Mahalla komiteti raislari yig’ilishi bo’lib o’tdi.

644206
Turkiya Prezidenti R.T.Erdog’an mahalla komiteti raislarini qabul qildi

Prezidentlik saroyida 33-Mahalla komiteti raislari yig’ilishi bo’lib o’tdi.

Turkiya Prezidenti R.T.Erdog’an yig’ilishda mahalla komiteti raislariga hitob qildi.

U yig’ilish chog’ida, Turkiyada oxirgi paytlarda ro’y bergan terrorchilik harakatlarining maqsadi xalqni bir-biriga dushman qilish ekanini aytib o’tdi.

Erdog’an Turkiya va turk xalqi terror tashkilotlari vositasida katta sinovdan o’tkazilayotganini ta’kidladi.

“Ushbu terrorchilik harakatlarining asosiy maqsadi bizni bir-birimizga dushman qilishdir. Jamiyatimizga nifoq solishni ko’zlaganlar har fursatdan foydalanishdan chekinmayotir. Bunday tuzoqqa aslo tushmaymiz. Sergak bo’lamiz. Qochish nomardlarning ishidir, bizning xalqimiz marddir”,-deydi Turkiya Prezidenti R.T.Erdog’an.

“Turkiya terrorizmga taslim bo’ldi deyish terroristlar bilan bitta safda turish demakdir”,-deya ta’kidlagan Erdog’an: “Turkiya o’z xavfsizligi uchun mintaqada olib borgan kurashini boshqa davlatlarning ichki ishlariga aralashish sifatida baholagan ong, ushbu murakkab vaziyatdan hech narsa anglamaydi demakdir. DAIShga qarshi qattiq kurash olib borgan bir davlatni hamon terror tashkilotiga yordam berganlikda ayblash terror tashkilotlaridan foydalanib Turkiyaga hujum qilganlarning ishidir”,-dedi.

“Mamlakatda yillar mobaynida kurd masalasini bahona qilib, qora niyatlarini amalga oshirganlarning asl maqsadi kurd millatiga yaxshilik qilish emasligini ko’rdik. Turkiyada hech kimning hayoti tahlikada emas”,-deydi Erdog’an.



Aloqador xabarlar