Turkiyada, terrorga qarshi kurash amaliyoti doirasida yana 5 terrorist qo’lga tushdi
Qo’lga tushgan terroristlarning, tashkilotning oliy darajali a’zolaridan ekanligi va Iroqning Qandil mintaqasidagi tashkilot lagerlariga tez-tez borib turganligi ma’lum bo’ldi.
Turkiyada PKK terror tashkiloti faoliyatlarini oldini olishga qaratilgan amaliyot oqibatida, tashkilotning oliy darajali a’zolaridan 5 terrorist qo’lga tushdi.
Ichki ishlar vazirligidan olingan ma’lumotga ko’ra, terroristlardan 4 nafari Diyarbakirda, 1 nafari esa Shanliurfada nazorat ostiga olindi.
Terroristlarning, Iroqning Qandil mintaqasidagi tashkilot lagerlariga tez-tez borib turganligi aniqlanganligini ma’lum qilgan manbaalar, terroristlarning ayni vaqtda “qurolli terror tashkiloti tashkil etish va uni boshqarish” shuningdek, “qurolli terror tashkilotiga a’zo bo’lish” jinoyatlaridan ayblanayotganligini qayd etdi.
Aloqador xabarlar
Prezident Erdoʻgʻan Malayziya Bosh vaziri va xalqini tabrikladi
Prezident Erdoʻgʻan, Malayziya Bosh vaziri va Malayziya xalqini Qurbon hayiti bilan tabrikladi.