M. Chavusho’g’li, “Pastkashlarcha qo’l urilgan hujumlar Turkiya-Rossiya munosabatini buzolmaydi”.

Chavusho’g’li bugun, Eronning ham ishtirokida bo’lib o’tadigan Suriya tog’risidagi yig’ilishda ishtirok etish maqsadida Rossiya poytaxti Moskvada va u yerda voqea haqida jurnalistlarga bayonot berdi.

634207
M. Chavusho’g’li, “Pastkashlarcha qo’l urilgan hujumlar Turkiya-Rossiya munosabatini buzolmaydi”.

Tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavusho’g’li Rossiyaning Anqara elchisi Andrey Karlovning o’limiga yo’l ochgan qurolli suiqasdni keskin qoralab,

“Bu hujum, bizning hamkorligimizga qarshi uyushtirildi lekin bu vaziyat bizni yo’limizdan qo’ldirmaydi” dedi. 

Chavusho’g’li bugun, Eronning ham ishtirokida bo’lib o’tadigan Suriya tog’risidagi yig’ilishda ishtirok etish maqsadida Rossiya poytaxti Moskvada va u yerda voqea haqida jurnalistlarga bayonot berdi.

Chavusho’g’li, Turkiyada og’ir shartlarda lekin muvaffaqiyatli faoliyatlar olib borgan diplomat ekanligini ta’kidlagan Karlovga qaratilgan hujumning aslida turk va rus xalqlariga qarshi uyushtirilganligini qayd etdi.  

Mevlut Chavusho’g’li dahshatli hujumning batafsil ravishda tekshirib chiqilajagini va eng qisqa vaqt ichida bunga aniqlik kiritilajagini bildirdi.

Mevlut Chavusho’g’li hujumning ortida kim yoki kimlarning borligini aniqlash uchun Rossiya bilan birgalikda tergov ishlari olib borajaklarini ham belgilab o’tar ekan bunga qo’l urganlarning jazoga tortilajagini qo’shimchaladi.

Shuningdek Chavusho’g’li bu doirada;

“Bu hujum bo’yicha olib boriladigan tergov faoliyatining yuritilajagi haqidagi Hurmatli Putinning taklifiga Janob Prezidentimiz hamon ijobiy javob berdi. Rossiyalik mutaxassislar ham Turkiyaga tashrif buyuradilar. Ikki mamlakat o’rtasida tashkil etilgan hay’at orqali tergov yuritib, hammasini o’rtaga chiqaramiz” dedi.

Anqaradagi rossiyalik elchining haqiqatdan ham ajoyib diplomat ekanligini aytgan Chavusho’g’li, ikki mamlakat o’rtasidagi munosabatning sovuqlashgan davrida ham jarayonni a’lo darajada boshqarganligini, munosabatlarning qayta tiklanishi va diplomatik yo’llarning yopilmasligi uchun katta g’ayrat ko’rsatganligini aytdi.      

 

 

 


  
                           

 



Aloqador xabarlar