Prezident Erdog'an yana bir bor Halabga, Halab xalqiga e'tibor qaratdi

Prezident Erdog’an, o’zining rasmiy twitter sahifasi orqali 3 tilda, xalqarohamjamiyatni yana bir bor “Halab” masalasiga e’tibor qaratdi.

632225
Prezident Erdog'an yana bir bor Halabga, Halab xalqiga e'tibor qaratdi

Prezident Rajap Tayyip Erdog’an, Suriyaning Halab shahridagi o’q uzishni to’xtatish kelishuvining kuchga kirishining, gunohsiz insonlarning oxirgi umidi bo’lishi mumkinligini aytdi.

Prezident Erdog’an, o’zining rasmiy twitter sahifasi orqali 3 tilda “Halab” masalasiga e’tibor qaratdi.

Erdog’n bu haqida,

“Turkiyaning say-harakati natijasida kuchga kirgan Halabdagi o’q uzishni to’xtatish kelishuvi va evakuatsiyalarning davom etishi balkim Halabdagi gunohsiz insonlarning oxirgi umididir. Butun tomonlarni va xalqaro hamjamiyatni bu kelishuvga va evakuatsiya jarayonini qo’llab-quvvatlashga chaqiraman. Turkiya, Halab xalqini yolg’iz qoymadi, qoymaydi ham. Nima bo’lishidan qat’iy nazar bittayu-bitta jonni qutqarish uchun bo’lsa ham qo’limizdan kelishicha ularning yonida bo’lamiz” dedi. 

 

 


Tanlangan kalimalar: #Prezident Erdog'an , #Halab , #Halab xalqi

Aloqador xabarlar