Turkiyaning, halabliklarni evakuatsiya qilish faoliyati vaqtinchalik to’xtatildi

Halabda o’q uzishni to’xtatish va halabliklarni evakuatsiya qilish jarayoni, Turkiya bilan Rossiya o’rtasida bo’lib o’tgan muloqatlar natijasida boshlagan edi.

631997
Turkiyaning, halabliklarni evakuatsiya qilish faoliyati vaqtinchalik to’xtatildi

Suriyada, rejim kuchlari bilan rejim kuchlarini qo’llab-quvvatlagan chet ellik terrorist guruhlarning qamali ostida qolgan Halabning sharqidan 800 nafar tinch aholi garovga olindi.

Rejim kuchlarini qo’llab-quvvatlagan chet ellik terrorist guruhlar, evakuatsiya karvoniga o’q uzib, 800 kishining yo’ldan o’tishiga mone’liq qildi.

Tinch aholi avtobusga o’tirar-o’tirmas portlash ovozi eshitilar ekan, evakuatsiya faoliyati vaqtinchalik to’xtatildi.

Portlash ortidan mintaqadagi yo’llar ham tiqilinch bo’lib ketdi.

Yo’l ustida yig’ilgan rejim tarafdorlari ham mashinalarning o’tishiga tosqinlik qilmoqda.

Tun boyi davom etgan evakuatsiya amaliyoti chog’ida, 8 mingdan ortiq halablik Suriyaning Idlib viloyati va Turkiyaga olib kelindi.

Shu bilan birga, Halabning g’arb mintaqasida tashkil etilgan xavfsiz mintaqaga olib kelingan va Idlibga yetkazib borilgan yaradorlardan ahvoli og’ir bolganlar Turkiyaga olib kelindi.

Turkiya Respublikasi Sog’likni saqlash vaziri Rejep Akdag’, “Jilvego’zlu” nomidagi chegara darvozasidan kecha soat 9dan e’tiboran 54 yaradorning Turkiyaga olib kirilganligi ma’lum qildi.

Chegara darvozasida 3 ta dala kasalxona tashkil etganliklarini eslatib o’tgan Akdag’, kerak bo’lsa yaradorlarning Turkiyaning Hatay, Mersin va Adana viloyatlariga yuborilajagini ham qayd etdi.

Yaradorlar uchun eng avvalo poytaxt Anqara bosh bo’lish bilan birga Turkiyaning turli viloyatlarida 800 dan ortiq o’rin ajratilganligini ta’kidlab o’tdi.

Kecha birinchi karvonning qamal ostidagi mintaqadan chiqishiga mone’lik qilmoqchi bo’lgan eronlik general Sayid Javad boshqargan jangarilar, tinch aholi bilan muxoliflar nazorati ostidagi mintaqalarga hujum qilib, jarayonga bir necha marotaba to’sqinlik qilishga harakat qildi.

Halabda o’q uzishni to’xtatish va halabliklarni evakuatsiya qilish jarayoni, Turkiya bilan Rossiya o’rtasida bo’lib o’tgan muloqatlar natijasida boshlagan edi.



Aloqador xabarlar