Turkiya-Amerika munosabatlarida rekord…

Amerika kongresidagi Turkiya-Amerika do’stlik guruhiga a’zo bo’lganlar soni 159 nafarni tashkil qilmoqda.

630993
Turkiya-Amerika munosabatlarida rekord…

Turkiya-Amerika munosabatlarida rekord…

Amerika kongresidagi Turkiya-Amerika do’stlik guruhiga a’zo bo’lganlar soni 159 nafarni tashkil qilmoqda.

Kongresning 114 guruhi Donald Tramp hukumatining lavozimni qabul qilib olishiga bir bahya qolganda rekord qo’ydi.

Lobbi faoliyatlarida ahamiyati katta bo’lgan bunday guruhlarning tarkibidagi turk guruhi ham eng gavjum guruhlardan biriga aylandi.

Kongresning 155 ta a’zosi bilan birga 4 ta senator turk guruhining a’zosi hisoblanadi.

Shuningdek, Jumhuriyatchi partiyaga a’zo ilg’or senatorlardan biri Lindsay Graham ham turk guruhi a’zolaridan biridir.

Turkiya bilan AQSh o’rtasidagi do’stlik va yaxshi aloqalarni rivojlantirishni maqsad qilgan guruhdagi kongress a’zolari saylangan okruglarda turk saylovchilarning soni ko’pchilikni tashkil qiladi.

Turkiya-Amerika munosabatlari bir qancha mavzuda nozik vaziyatda ekani e’tiborga olinganda, Turkiya-Amerika do’stlik guruhining ahamiyati juda katta deyish mumkin.

 

 



Aloqador xabarlar