Istanbul teraktida jon bergan ba'zi shahidlarning qayg’uli hikoyasi

Turkiya, 2016-yilning 10-dekabri kuni sodir etilgan qo’sh terakt oqibatida jon bergan 44 avlodi uchun ko’z yoshi to’kmoqda. Shahidlarning ba’zilari talaba, ba’zilari unashtirilgan, ba’zilari oilali, bazilari esa ota bo’lishni kutayotgan yoshlar edi.

629715
Istanbul teraktida jon bergan ba'zi shahidlarning qayg’uli hikoyasi

Turkiya, 2016-yilning 10-dekabri kuni sodir etilgan qo’sh terakt oqibatida jon bergan 44 avlodi uchun ko’z yoshi to’kmoqda.

Terakt qurbonlarining 37 nafari politsiya xodimi, 7 nafari esa tinch aholi jami 44 kishi edi.

Ulardan ba’zilari talaba, ba’zilari unashtirilgan, ba’zilari oilali va bazilari esa ota bo’lishni kutayotgan yoshlar edi.

Teraktda jon berganlar ortida yarim qolgan hikoyalar, yetim bolalar, beva ayol va oilalar qoldi.

Quyida sizlarni, ana shu shahidlarimizning qayg’uli va qisqagina hayot hikoyalari bilan tanishtirib o’tamiz.

 

NAZIF EMRE HOROZ

Nazif Emre Horoz, aslida Turkiyaning Qoniya viloyatidan bo’lib shahidimiz 24 yoshida edi. Bundan roppa-rosa 2 yil oldin uylangan Nazif Emrening 6 oylik Erva va Elif deb nomlangan egizak farzandi bor edi.

 

HUSEYIN DALGILICH

Huseyin Dalgilich, aslida Turkiyaning Izmir viloyatidan bo’lib shahidimiz 33 yoshida edi. Olti yildan beri transport politsiyasi bo’lib xizmat berib kelayotgan Dalgilichning 1.5 yoshida bir qizalog’i bor edi. Huddi o’zidek politsiya xodimi bo’lgan shahidimizning turmush o’rtog’i Chidem Dalgilich ikkinchi farzandlariga homilador edi. Huseyin Dalgilich 2017-yilning yanvar oyida ikkinchi marotaba ota bo’lishga tayyorlanayotgan edi.

 

ILKER UYLASH

Turkiyaning Hatay viloyatida tug’ilib o’sgan shahidimiz Ilker Uylash esa 27 yoshida edi. Ilker Uylash bundan 5 oy oldin uylangan edi.

 

ADEM SERIN

Turkiyaning Gaziantep viloyatida tug’ilib o’sgan va 24 yoshidagi Adem Serin 2017-yilning yanvar oyida o’zining “unashtirish marosimi” uchun tug’ilib o’sgan shahriga bormoqchi edi.

 

YASIN IKE

Dahshatli hujumda shahid bo’lgan kayserilik politsiya xodimi Yasin Ike 31 yoshida edi. Yasin Ikening 49 yoshidagi onasi Yeter Ike o’g’lining dafn marosimi ortidan qalbi bardosh berolmadi va yurak xuruji tufayli kasalxonaga yotkizildi.  

 

OG’UZHAN DUYAR

Og’uzhan Duyar ushbu muqaddas vazifasiga 7 oy oldin boshlagan edi. Og’lining tug’ilgan kuni uchun 28-dekabr kuni Istanbulga kelmoqchi bo’lib turgan onasi Nuran Duyar, “Istanbulga og’limning tug’ilgan kuni uchun uni tabriklash maqsadida kelmoqchi edim lekin afsuski bugun og’limni morgdan olib yo’lga tushdim. Teraktni amalga oshirganlar jazosiz qolmasin iloyim” dedi.  

 

MUSTAFA BERKAY AKBASh

Mustafa Berkay Akbash atigi 19 yoshida edi. Shahid Berkay Akbash poytaxt Anqarada joylashgan Bashkent nomidagi universitetning Tibbiyot fakulteti talabasi edi. Akbash imtihonlari ortidan dam olish uchun do’stlari bilan birga 2 kunligiga Istanbulga borgan edi. Shum ajal uni 2 kunlik Istanbul sayohati chog’ida oxirgi manzilga kuzatdi.

 

ISMAIL KOCh

Istanbulda joylashgan Mimar Sinan universiteti, Tasviriy san'at fakulteti, Grafik dizayn bo’limini yakunlagan Ismail Koch, uzoq yillardan beri reklama sohasida faoliyat yuritib kelar ekan ayni vaqtda san’at-direktori bo’lib ham ishladi. Turmush o’rtog’i esa 3 oylik homilador edi.

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 



Aloqador xabarlar