Erdog'an bugungi nutqida, yangi konstitutsiya tayyorgarligiga to'xtaldi

Prezident Erdog’an hozirda, Esenyurt munitsipaliteti tomonidan yakunlangan 111 loyihaning ochilish marosimida nutq so’zlamoqda.

627694
Erdog'an bugungi nutqida, yangi konstitutsiya tayyorgarligiga to'xtaldi

Prezident Rajap Tayyip Erdog’an, yangi konstitutsiya tayyorgarligi malasiga to’xtalar ekan bu maslaning muvaffaqiyatli yakunlashidan umidvor ekanligini bildirdi.

Prezident Erdog’an, Esenyurt munitsipaliteti tomonidan yakunlangan 111 loyihaning ochilish marosimida nutq so’zlamoqda.

Prezident Erdog’an o’z nutqida,

“Turkiya oxirgi 14 yil mobaynida katta muvaffaqiyatga erishdi. 15-iyul kuni esa haqiqat o’rtaga chiqdi va Turkiya yangi manzilga qarab yo’l oldi. G’arb davlatlari bekorga tashvishlanayotgani yo’q albatta. Turkiyaning rivojlanishiga mone’lik qilish uchon ularning qilmagani yo’q. Buni 15-iyul kuni o’z ko’zimiz bilan ko’rdik” dedi.   

Erdog’an, “Turkiya sifatida, oxirgi 4 yildan beri shunday voqelar bilan ovoramizki bunga ba’zi davlatlar havas qilar ekan, ba’zilari esa hayrat bilan bizni kuzatmoqda. Lekin oxirgi yarim asrini o’z ko’zi bilan ko’rgan, o’z tarixini yaxshi bilgan bizlar uchun hech qanday muammo yo’q. Biz qachon yangi loyihalar tayyorlab, biron-bir faoliyat olib bormoqchi bo’lsak kimdir yo’limizga moen’lik qildi. Bu mone’lik ba’zan o’z ichimizdan, ba’zan esa tashqaridan yetib keldi va oqibatida diqqatimizni, energiyamizni, imkonlarimizni har doim himoya qilishga majbur qo’ldik. Bu gal hech kim yo’limizga g’ov bo’lolmaydi. Biz qarorlimiz. Ikkilanmaymiz” deya gapirdi.

O’z so’zida yangi konstitutsiya tayyorgarligiga ham to’xtalgan Prezident Erdog’an,

“Agar adashmasam, bugun hukumat yangi konstitutsiya borasidagi tayyorgarliklarni Parlamentga taqdim etadi. Umid qilamanki bu mavzu Parlamentdan muvaffaqiyatli ravishda o’tadi va ortidan Parlament bu masalani xalqimizga yetkazadi. Xalqim ham bunga tayyor degan fikrdaman” dedi.



Aloqador xabarlar