“Yevropada avj olgan irqchilik va islomofobiya Yevropa qadriyatlarini yo’q qila boshladi”.

Tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavusho’g’li, YXHT Vazirlar kengashi yig’ilishidan oldin Germaniyadagi Turk fuqarolik jamiyati tashkilotlari vakillari bilan uchrashar ekan uchrashuvda, Yevropada avj olgan irqchilik va islomofobiyaga e’tibor qaratdi.

626133
“Yevropada avj olgan irqchilik va islomofobiya Yevropa qadriyatlarini yo’q qila boshladi”.

Turkiya Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavusho’g’li Turkiya-Germaniya munosabatlarining yana-da yaxshirok bo’lishi kerakligini belgilab,

“Shaxsan bizning Germaniya bilan hech qanday muammomiz yo’q lekin biz payqagan notog’ri harakatlarini ham yetkazishga majburmiz” dedi.

Tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavusho’g’li Yevropa xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti Vazirlar kengashi yig’ilishidan oldin Germaniyaning Gamburg shahrida Turk fuqarolik jamiyati tashkilotlari vakillari bilan uchrashdi.

Germaniyada terror faoliyatlari va terroristlarning istiqomat qilishidan bezovta bolganligini ifodalagan Chavusho’g’li, Germaniyadagi PKK, Fetullahchi terror tashkiloti FETO va DHKP-C haqidagi 4500 sud va tergov jarayoning tez kunlarda natijalanishini xohlaganliklarini aytdi.

Yevropada avj olgan irqchilik va islomofobiyaga ham e’tibor qaratgan Chavusho’g’li, bu oqimlarning Yevropa qadriyatini yo’q qila boshlaganligini belgilab o’tdi.

Chavusho’g’li,

“Shaxsan men xavotirdaman. Ikkinchi Jahon urushidan avvalgi davrni ko’ra boshladik. Judayam qo’rqinchli. Siyosatchilar populizm o’yinlari ichida. Fransiyada Manuel Valls Prezidentlik lavozimiga nomzod bo’lish uchun Bosh vazirlikdan iste’fo etdi. Vall, nima uchun Prezidentlik lavozimiga o’z nomzodligini ko’rsatganligini matbuot anjumani orqali e’lon qilar ekan u o’z so’zida Fransiyaning kuchiga-kuch qo’shaman, Fransiyani yana-da rivojlantiraman deyish o’rniga Rossiya Davlat rahbari Vladimir Putinga qarshi, Amerika Qo’shma Shtatlarida yangi saylangan Donald Trump va Turkiya Prezidenti Rajap Tayyip Erdog’anga qarshi nomzod bo’lganligini bildirdi. Vall bu so’zlari orqali saylovdan oldin, saylovda mag’lubiyatga uchragan nomzoddir. O’z nomzodligini bunday sabablar bilan ma’lum qilgan kishidan na Yevropa, na yevropaliklar, na Fransiya hech nima kutmasligi kerak. Bunday g’oyaning bo’lishi mumkin emas. Hech kimning nomzodligiga qarshi emasmizi hech qaysi davlatning ichki siyosatiga aralashish niyatimiz ham yo'q lekin bunday yo’l olishlarga ham jimjit qarab turolmaymiz” deya gapirdi.

Turkiyaning bir necha mavzularda raisdoshlik qilganligini eslatgan Chavusho’g’li, Turkiyaning Yevropa iqtisodiyoti, tashqi isyosati va xavfsizligiga muhim va mazmunli hissalar qo’sha olishiga qudrati yetajagini ta’kidladi.     

Tashqi ishlar vaziri Chavusho’g’li o’z so’ziga, Turkiya sifatida o’zaro munosabatlar bilan mintaqaviy hamkorliklarni chuqurlashtirishga harakat qilganliklarini ham ilova etdi.

 

 



Aloqador xabarlar