N. Kurtulmush, “Biz Turkiya-Yevropa munosabatining yomonlashib ketishini xohlamaymiz”.

Bosh vazir o’rinbosari va Hukumat voizi Numan Kurtulmush, Vazirlar kengashi yig’ilishidagi tanaffus chog’ida al-Bob mintaqasidagi turk askarlarini shahid qilgan hujum va YP-ning Turkiya haqidagi qarori haqida qisqacha bayonot berdi.

620056
N. Kurtulmush, “Biz Turkiya-Yevropa munosabatining yomonlashib ketishini xohlamaymiz”.

Bosh vazir o’rinbosari va Hukumat voizi Numan Kurtulmush, 2016-yilning 24-avgusti kuni Suriyaning al-Bob mintaqasidagi turk askarlarini shahid qilgan hujumning Rossiya tomonidan uyushtirilmaganligi haqida aniq ma’lumot olganliklarini bildirdi.

Kurtulmush,

“Bu haqidagi ma’lumotni hurmatli Putinning o’zi yetkazdi. Hujum qilgan havo vositasi, uchoq yoki Haydovchisiz havo transportini aniqlash va mintaqadagi voqealar haqida hammasi qayd ostida. Vosita aniqlangach kerakli faoliyatlar yuritiladi” dedi.

Vazirlar kengashi yig’ilishidagi tanaffus chog’ida bayonot bergan Kurtulmush, Yevropa parlamentining Turkiya bilan bo’lgan muzokaralarining to’xtatilishini talab qilgan tavsiya qarorining, Yevropa siyosatiga ziyon yetkazajagini aytdi.

Kurtulmush ushbu qarorning Yevropa qadriyatlariga mos emasligini ta’kidlar ekan, buning “g’oyasiz va qo’sh standart” ekanligini takrorladi.

Numan Kurtulmush, Turkiya Respublikasi hukumatining bu qarorni hukmsiz deb qabul qilganligini qayd etgan holda, navbatdagi Yevropa ittifoqi liderlari yig’ilishida, Turkiya haqida maqul masalalarning o’rtaga tashlanishining muhim ekanligini ifodaladi.

Kurtulmush;

“Biz Turkiya-Yevropa munosabatining yomonlashib ketishini xohlamaymiz. Lekin munosabatimiz salbiy jihatga o’zgargudek bo’lsa unda bu natijaning ko’proq Yevropa ittifoqiga o’z ta’sirini ko’rsatajagini aytmoqchi edim” dedi.

 

 

 

 

 

 



Aloqador xabarlar