Kecha poytaxt Anqarada “TRT World” kanalining taqdimot marosimi bo’lib o’tdi

Turkiyaning ingiliz tilidagi birinchi xalqaro axborot kanali hisoblangan “TRT World” kanalining taqdimot marosimi kecha poytaxt Anqarada, Prezidentlik qarorgohida bo’lib o’tdi.

611619
Kecha poytaxt Anqarada “TRT World” kanalining taqdimot marosimi bo’lib o’tdi

Turkiyaning ingiliz tilidagi birinchi xalqaro axborot kanali hisoblangan “TRT World”ning taqdimot marosimi kecha poytaxt Anqarada, Prezidentlik qarorgohida bo’lib o’tdi.

Ko’plab san’atkor, ishbilarmon, sportchi va ommaviy axborot vositachi ishtirok etgan marosimda gapirgan Prezident Erdog’an Turkiya Milliy teleradiokompaniyasi va TRT World oilasiga muvaffaqiyatlar tiladi.

“TRT World”ning mazmunli faoliyat olib borishiga ishonchi komil ekanligini bildirgan Erdog’an,

“Men ‘TRT World’ning butun dunyodagi Turkiyaning ovozi bo’lishiga ishonaman. Uning voqealarni yangi til orqali yetkazishni, mikrofonlarining gapirmaganlarni gapirtirishni, kameralarining ko’rilmaganlarni ko’rsatishni maqsad qilib olgan ajoyib orzularini qo’llab-quvvatlayman. Xalqaro axborot vositalari bugungi kunda deyarli bir-biriga o’xshaydi. Boshlovchilar, kanallar o’zgarishiga qaramay axborot tarqatish uslubi bir xil. Shunday davrda bunday orzu-umid va maqsad bilan yo’lga chiqishlik olqishga sazovordir” deya gapirdi.    

“FETO terror tashkiloti 15-iyul kechasi o’z maqsadiga erishganida edi unda ba’zi ommaviy axborot vositalari to’ntarishni rasmiylashtirar edi” degan Erdog’an, DEASh terror tashkilotiga qarshi eng og’ir kurashni olib borgan, yuzlab fuqarosini tashkilotning qonli hujumi oqibatida yo’qotgan Turkiyaning, ustiga-ustak ba’zi axborot vositalarining noto’g’ri propaganadasiga maruz qolganligiga e’tibor qaratdi.

TRT World masuliyatiga ham to’xtalgan Erdog’an,

“Bu ajoyib kanaldan yurtimizning, xalqimizning haqiqatlarini butun dunyoga to’g’ri va aniq berib borishlarini kutib qolamiz. Bu kanalimizni zolimlarning propaganda byulleteni emas mazlumlarning chaqmoqdek ovozi bo’lishini chin dildan tilaymiz” dedi.  

Bosh vazir o’rinbosari Numan Kurtulmush ham, Turkiya Milliy teleradiokompaniyasining 13 ta telekanal, 16 ta radiokanal va 5 ta jurnal orqali 41 til va lahjada dunyoning 13 mamlakatidagi vakolatxonasi orqali xizmat berayotganligini aytib o’tdi.

Turkiya Milliy teleradiokompaniyasining Bosh direktori Shenol Go’ka ham tashkilotning nashr strategiyasiga to’xtalar ekan buning bundan buyon TRT World kabi ko’proq chet elga qaratilishini rejalashtirayotganliklarini bildirdi.

Go’ka shuningdek Turkiyani, turk xalqini faqatgina ingiliz tilida emas ayni vaqtda boshqa tillarda ham butun dunyoga tanishtirmoqchi ekanliklarini qayd etdi.

 



Aloqador xabarlar