Yevropa Kengashi bosh kotibi Thorbjorn Jagland Turkiyaga tashrif buyurdi

Yevropa Kengashi bosh kotibi Thorbjorn Jagland Chankara ko’shkida Turkiya Bosh vaziri Binali Yildirim tomonidan qabul qilindi.

608689
Yevropa Kengashi bosh kotibi Thorbjorn Jagland Turkiyaga tashrif buyurdi

Yevropa Kengashi bosh kotibi Thorbjorn Jagland Turkiyaga tashrif buyurdi.

Kecha poytaxt Ankarada Adolat vaziri Bekir Bozdag’ tomonidan kutib olingan Jagland Chankara ko’shkida Bosh vazir Binali Yildirim tomonidan qabul qilindi.

Bo’lib o’tgan suhbatda, Turkiya Tashqi ishlar vaziri Mevlud Chavushog’lu ham ishtirok etdi.

Bosh vazir Binali Yildirim Turkiyada ro’y bergan 15 iyul voqealari oldida hukumatni qo’llab quvvatlagan Jaglandga minnatdorchilik bildirdi.

Fathulloh Gulen harakatining 15 iyuldagi davlatni to’ntarishga tashabbusini qoralagan Jagland Turkiyani qo’llab quvvatlashini takror tilga oldi.

Jagland Turkiya bilan Yevropa Kengashi o’rtasidagi hamkorlikni kelgusi davrda yanada rivojlantirish niyatini tilga oldi.

Turkiya Yevropa Ittifoqi vaziri O’mer Chelik bilan uchrashgan Jagland Turkiya Prezidenti R.T.Erdog’an tomonidan ham qabul qilindi.

1 soat 20 daqiqa davom etgan qabul tafsilotlari matbuotda yoritilmadi.

 

 

 

 



Aloqador xabarlar