Prezident Erdog’an ish safari bilan Belarus poytaxti Minsk shahrida

Prezidentning Minsk ziyoratiga Bosh vazir o’rinbosari Numan Kurtulmush, Tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavusho’g’li, Iqtisodiyot vaziri Nihat Zeybekchi, Bojxona va Tijorat vaziri Bulent Tufekchi hamrohlik qilmoqda.

608617
Prezident Erdog’an ish safari bilan Belarus poytaxti Minsk shahrida

Prezident Rajap Tayyip Erdog’an Belarusda Prezident Aleksander Lukashenko boshchiligida bo’lib o’tadigan uchrashuvlarda kun tartibidagi mintaqaviy va xalqaro masalalarni qo’lga oladi.  

Uchrashuvlarda shuningdek ikki mamlakat o’rtasidagi munosabatning mustahkamlanishiga qaratilgan hamkorlik imkonlarining kun tartibiga olib chiqilishi va ba’zi shartnoma va protokollarga qo’l qo’yilishi kutilmoqda.

Prezident Erdog’an Belarusda, Turkiya-Belarus Biznes forumi ishtirokchilariga xitob etadi va Turkiya Din ishlari fondi tomonidan qurilgan Minsk jome’ masjidining ochilish marosimida ishtirok etadi.  

Prezidentning Minsk ziyoratiga Bosh vazir o’rinbosari Numan Kurtulmush, Tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavusho’g’li, Iqtisodiyot vaziri Nihat Zeybekchi, Bojxona va Tijorat vaziri Bulent Tufekchi hamrohlik qilmoqda.



Aloqador xabarlar