Bosh vazir Binali Yildirim terror mavzusida g'arbga norozichilik bildirdi

Bosh vazir Binali Yildirim terror mavzusida g'arbga norozichilik bildirdi

606440
Bosh vazir Binali Yildirim terror mavzusida g'arbga norozichilik bildirdi

G’arb terror mavzusidagi ikki yuzlamachilikka bir norozichilik ham Bosh vazir Binali yildirimdan keldi.

Adolat va taraqqiyot partiyasining Turkiya oliy millat majlisidagi guruh yig’ilishida so’zga chiqqan Yildirim,  bo’lginchi terror tashkiloti PKKning muhim daromad manbalaridan biri giyohvand  modda  ekaniga diqqat qaratdi.

Turkiyada giyohvand modda iste’mol saviyasi rivojlangan o’lkalarda juda orqada ekani ta’kidlagan Binali  Yildirim, bo’lginchi terror tashkilot sotishda asl maqsadlari Yevropalik yoshlar ekanini ma’lum qildi.

Binali Yildirim,

“Bo’lginchi terror tashkiloti PKKni himoya qilgan Yevropalik do’stlarimizga bu  yerdan salom  yuboraman. Siz Turkiyaning huquq masalasi shug‘ullanishni bir tomonga qo’ying, kelajagingiz zaharlagan PKKning giyohvand  modda tojirlariga qarshi bir narsalar qiling.  Bizning bu tuproqlardagi kurash faqatgina millatimizning huzur- halovati va xavfsizligi   emas, ayn zamonda sizning kelajagingiz “ dedi.  

Demokratiya va inson haqlari mavzusida Turkiyaga nasihat berishga harakat qilgan Yevropalik mavzu terror bo’lgach, ikki yuzlamachilik jon va mol- mulk xavfsizligi orqada qolganini qayd etgan Bosh vazir,

“Yevropaliklar, ( Fetullahchi terror tashkilot 15- iyuldagi harbiy tashabbusi demokratiya mavzusida yaxshi sinov bera olamadilar.  Harbiy to’ntaruvchilar mavzusida izohotlar berdi.  

Germaniya terroristlarga marhamatli harakat qiladi. Bir tomondan PKK terror tashkiloti deydi bir tomondan kerakli vazifasini bajo keltirmaydi. Diyarbakirda o’tgan haftaki hujum oqibatida hayotdan ko’z yumgan onalarga reaksiya ko’rsatmaydi” deb aytdi.

Birovlari Yevropa ittifoqi bilan Turkiyaning   munosabatini  buzish uchun davomli provokatsiya  qilganiga ishora qilgan Bosh vazir, Turkiyaning esa Yevropa bilan aloqalarini rivojlantirishdan tarafdor ekanini ta’kidlab

“Hukumatlarimiz va davlatimizning  zidiga qilingan propagandalar hech kimga foydasi bo’lmas” deb ogohlantirdi.”

 



Aloqador xabarlar