Prezident Erdo’g’an, Turkiya global moliyaviy inqirozni muvaffaqiyat bilan oshib o'tdi dedi

Prezident Rajab Toyyib Erdo’g’an, Turkiya global moliyaviy inqiroz davrini  rekord saviyada o’sish nisbati bilan oshib o’tganini aytdi.

603971
Prezident  Erdo’g’an, Turkiya global moliyaviy inqirozni  muvaffaqiyat bilan oshib o'tdi dedi

Prezident Rajab Toyyib Erdo’g’an, Turkiya global moliyaviy inqiroz davrini  rekord saviyada o’sish nisbati bilan oshib o’tganini aytdi.

Prezident Erdo’g’an, Istanbulda, uyushtirgan Sarmoya bozorlari kongressida so’zlagan nutqida,

“ Global  moliyaviy inqiroz boshlaganda ushbu inqiroz Turkiyaga uncha ta’siri bo’lmasdan o’tdi deb ifoda etgan edik, birovlari ushbu so’zimga guyo unchalik e’tibor bermagan edi. Natijada o’lkamiz 2009 yilidagi  kichrayishning tashqarisida, ushbu inqiroz davrini rekord o’sish nisbati bilan oshib otdi” dedi.

Turkiyaning vaziyati dunyo bo’ylab ayniqsa Yevropdan juda yaxshi ekanini ma’lum qilgan Erdo’g’an,

“Ustalik o’lkamiz  boshqalaridan farqli ravishda  Yaqin sharq, Shimoliy Afrika, Kavkaziya,  Qoradengiz kabi inqiroz hududlarining juda yaqinida joylashgan. Ayniqsa qo’shnilarimiz Suriya va Iroqdagi  har o’zgarishdan  bizga ta’sir qoldirmoqda” deb ma’lum qildi.

Turkiya sarmoya kiritish uchun moliyaviy jihatdan hozirgacha qiyinchilik chekmaganlarini ifoda etgan Prezident, sarmoyalarni ottirish majburiyatida ekanlarini, buning uchun sarmoya kirituvchilarning moliyaviy manbalarga erishishini quloylashtirish uchun harakat qilganlarini  ham ma’lum qildi.

Erdo’g’an,

“ Bu o’lkaning rivojlanishi uchun barchamiz  himoya qilamiz. Pullarni yostiqning tagida saqlash qanday bir g’aflat esa pullarni sandiqlarda saqlash ham u qadar g’aflatdir” dedi.

Investorlar oldida to’siq bo’lgan yuksak foizlarni tushirishda sarmoya bozor vositalarining salmoqli hissasi bo’ladi deb ta’kidlagan Erdo’g’an,

“ Bizda foiz 15,16larda. Bu bilan  investorlar bozorga qanday kirsinlar? Bunday  muammo sharoitida bu ishni yuritish mumkin emas.

Prezident Erdo’g’an, moliyaviy markaz sifatida Istanbulning yangi qadamlar bilan dunyo moliyaviy markazlari bilan belashishlarini ma’lum qildi.

“ Boshqa bir qadam esa Islomiy moliyaviy  nuqtasida. Men foiz uchun pul qo’ymayman deganlar uchun boshqa eshik. Nimadir bu? Barcha ishtirokchi shirkatlar bu sektorda o’z orinlarini olishlari kerak. Bu esa  juda muhim bir masala” deb ma’lum qildi.

 



Aloqador xabarlar