Chavusho’g’li, Haydar al-Abadiyning Bashikadagi turk askarlari to’g’risidagi so’zlarini tanqid qildi

Antaliyada jurnalistlar savoliga javob bergan Mevlut Chavusho’g’li, Iroq Bosh vaziri Haydar al-Abadiyning Bashika lageridagi turk askarlari haqidagi so’zlarini qattiq tanqid qildi.

602358
Chavusho’g’li, Haydar al-Abadiyning Bashikadagi turk askarlari to’g’risidagi so’zlarini tanqid qildi

Turkiya Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavusho’g’li, Iroq chegarasidagi turk askarlarining Turkiya xavfsizligi uchun joylashtirilganligini aytdi.

Antaliyada jurnalistlar savoliga javob bergan Mevlut Chavusho’g’li, Iroq Bosh vaziri Haydar al-Abadiyning Bashika lageridagi turk askarlari haqidagi so’zlarini qattiq tanqid qildi.

Iroqning hududiy yaxlitligi va mustaqilligini Turkiyadan yana-da yaxshiroq himoya qilgan boshqa davlatning yo’qligini belgilab o’tgan Chavusho’g’li;

“Iroqning xavfsizligi va barqarorligi bizning o’z xavfsizligimiz va barqarorligimizdek muhimdir” dedi.

Mevlut Chavusho’g’li shuningdek,

“Iroqning hududiy yaxlitligini himoya qilgan Turkiya haqida, Bog’dod rahbariyatining o’z ichidagi muammolar yoki ba’zi mamlakatlarning gijgijlashi tufayli bunday bayonot berishi noto’g’ridir” dedi.

Bog’dod rahbariyatining Bashikadagi turk askarlari haqida bergan bayonotiga e’tiroz bildirgan Tashqi ishlar vaziri;

“Shunchalik kuchli bo’lsangiz unda nima uchun Mosulni terror tashkilotiga oldirib qo’ydingiz? Nima uchun uzoq yillardan buyon PKK terror tashkiloti sizning tuprog’ingizni bosib olyapdi? Agar siz bir terror tashkilotiga qarshi kurash olib borolmasangiz unda biz o’zimiz uchun chora ko’rishga majburmiz” dedi.

 

 

 

 

 



Aloqador xabarlar