Numan Kurtulmush vazirlar kengashi yig’ilishi tafsilotlarini ma'lum qildi

Kecha prezidentlik saroyida Turkiya Prezidenti R.T.Erdog’an boshchiligida vazirlar kengashi yig’ilishi bo’lib o’tdi.

600996
Numan Kurtulmush vazirlar kengashi yig’ilishi tafsilotlarini ma'lum qildi

Kecha prezidentlik saroyida Turkiya Prezidenti R.T.Erdog’an boshchiligida vazirlar kengashi yig’ilishi bo’lib o’tdi.

Turkiya Bosh vazir o’rinbosari va hukumat kotibi Numan Kurtulmush yig’ilish tafsilotlarini matbuot anjumanida ma’lum qildi.

Uning ta’kidlashicha, Turkiyani yaqindan qiziqtirgan barcha xavfsizlik choralari faol ravishda amalga oshiriladi.

Vaholanki, joriy yil mobaynida Turkiyada jami 296 ta terrorchilik harakatining oldi olingan.

Bundan tashqari, maxsus operatsiyada xizmat ko’rsatadigan 10 ming nafar politsiya xodimini ishga olish rejalangan.

Numan Kurtulmushning aytishicha,  Evfrat qalqoni operatsiyasi doirasida Turkiya tegishli davlatlar bilan yaqindan diplomatik aloqa o’rnatmoqda.

Bu doirada Suriya tarkibidagi Menbich shaharchasini PYD terroristlaridan tozalash uchun Mustaqil Suriya qo’shiniga yordam berish zarur.

Mosul operatsiyasi rejalanganidek davom etganini ma’lum qilgan Numan Kurtulmush: “Turkiyaning xavotirda ekani ma’lum. Turkiya operatsiyani yaqindan kuzatib bormoqda. Mosul operatsiyasidan asosiy maqsad xalqni himoya qilish va Mosulning butunligini saqlab qolishdan iborat bo’lishi kerak. Bu operatsiyaga Ninova muhofizlari va peshmarga jangchilari ham qo’shilgan. Hashdi Shabi guruhi esa, operatsiyaga qo’shilmaydi. Ularning Mosulga kirib kelishining oldi olinadi”,-dedi.

Ta’kidlanishicha, Mosul va Evfrat qalqoni operatsiyasi yakunlangach, Rakkada ham operatsiya boshlanadi.

 

 



Aloqador xabarlar